Texnologiyasi: 20 g bodom (shaftoli, o‘rik) yog‘ida anestezin eritilib emulsiya tayyorlanadi.
Emulgator sifatida jelatozani qo‘llash mumkin. yog‘li fazaning massasi 22 ga ko‘payganligi uchun
11 g jelatoza olinadi. Tuzli komponentlar va belladonna ekstrakti birlamchi emulsiyalarni
suyultirish uchun ishlatiladigan suvda eritiladi. Fenilsalitsilat va benzonaftol kabi ichak
antiseptiklari garchi yog‘da erisa ham X DF ko‘rsatmasi bo‘yicha maydalangan suspenziya holida
emulsiyalarga kiritiladi. Bu moddalarni yog‘li eritmasi ichakda gidrolizlanishi kiyinlashib, yog‘li
eritmalari antiseptik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Suvda ham, yog‘da ham erimaydigan dori moddalarni
hovonchada yaxshilab ezib, birlamchi tayyor emulsiyalarga qo‘shiladi. Bu dori moddalarni
emulsiya tarkibida turg‘unligini ta‘minlash maqsadida olinadigan emulgatorni miqdori dori modda
miqdorini yarmi hisobida oshiriladi. Suspenziyalarni turg‘unligini oshirish uchun zarrachalarni
emulgatordan yoki emulsiyadan hosil bo‘lgan ximoya parda bilan koplamok kerak. Gidrofob
moddalarni (fenilsalitsilat benzonaftol va sh. o‘. ) kiritish uchun ortiqrok miqdorda emulgator
qo‘shiladi. (SHu moddalarning yarmi hisobida). Gidrofil moddalar (tanalbin va sh. o‘.)
qo‘shilganda stabilizator miqdori oshmaydi.
Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0
Phenylii salicylatis 2,0
Sirupi Cerasi 20,0
M. D. S. 3 yoshli bolaga 1 ch qoshiqdan har 3 soatda berilsin.
10 g ozgina isitilgan kanakunjut yog‘idan 4 g o‘rik elimini sarflab, (fenilsalitsilatni stabillash
uchun 1 g oshik olinadi) birlamchi emulsiya tayyorlanadi. Birlamchi emulsiyaga bu aralashma
maydalangan dispers holda qo‘shiladi va unda yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan emulsiya —
suspenziyani keyin suv bilan suyultiriladi. Oxirida chayqatib turgan holda sharbatni tomchilab
qo‘shiladi. Vismut nitrat asosi bilan emulsiya tayyorlashda arab elimi va unga o‘xshash
mahsulotlarni qo‘llash mumkin emas, chunki bunda vismutni arabiantli aralashmasi hosil bo‘lib,
suvda erimaydigan yopishkok massani hosil qiladi.
Rp.: Emulsii Benzylii benzoatis 20%- 100,0
D. S. qichima kassaligini davolash uchun.
Pasport: Benzil benzoat 20,0 g
Yashil sovun 1,0 g
Emulgator T2 1,0 g
Tozalangan suv 78, 0 ml
M um=100 g
Texnologiyasi: YOrdamchi idishda yashil sovun iliq suvda eritiladi va chayqatib turgan xolda
oz ozdan benzilbenzoat qo‘shib boriladi. Suv xammomida chinni kosachada emulgator T2 eritiladi
va issiq xavonchada 2 ml issiq tozalangan suv bilan yaxshilab eziladi. Sungra oldindan
tayyorlangan benzilbenzoat emulsiyasi bilan oz ozdan aralashtiriladi.
26
26
И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология лекарственнqх
форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)
81
Do'stlaringiz bilan baham: |