Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Rasm. Dorivor moddani uni uch xil dori shaklida qo‗llanilganda nisbiy biologik



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

3.4.Rasm. Dorivor moddani uni uch xil dori shaklida qo‗llanilganda nisbiy biologik
kirishuvchanligi.
 
1-A dori shakli; 2-B dori shakli; 3-V dori shakli. 
AUC
A
=39,9 (mkg/mm)·s, AUC
B
=32,2 (mkg/mm)·s, AUC
V
=14,0 (mkg/mm)
Ma‘lumki, og‗iz orqali ichiladigan qattiq dori shakllar, shu jumladan tabletka dori 
shakllarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda: 
in vitro
va 
in vivo
tajribalarida amalga 
oshiriladi. 
In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab 
etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‗g‗risida etarlicha ma‘lumot 


97 
bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. SHu bilan birga in vitro tajribalar xar doim xam 
dori vositasining tirik organizmdagi ta‘sirini to‗laqonli ifodalamasligi mumkin. SHu sababli 
taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, 
ular o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab topiladi va bu bog‗liqlik ishonarli darajada 
bo‗lgan taqdirda qo‗llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini 
amalga oshirish uchun tavsiya etiladi. 
In vivo tajriba usullari laboratoriya tajriba hayvonlarida yoki o‗zi istak bildirgan 
odamlarda olib boriladi. In vivo tajribalari farmakokinetik usul – qon, boshqa biologik 
suyuqliklar va alohida a‘zolarga so‗rilib o‗tgan ta‘sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‗lchash 
bo‗yicha yoki farmakodinamik usul – dori vositasini organizmga so‗rilib o‗tgandan keyin 
namoyon bo‗ladigan ta‘sir kuchini o‗rganish bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Farmakokinetik usullarda tadqiqotlar o‗tkazilganda faol modda konsentratsiyasi asosan 
kimyoviy va fizik kimyoviy, alohida holatlarda mikrobiologik, biokimyoviy va biofizikaviy 
usullarda amalga oshiriladi. Farmakodinamik usullarda esa dori vositasi terapevtik 
samaradorligiga baho berish, tirik organizmning dori vositasi ta‘sirida ma‘lum funksional 
holatidagi o‗zgarishlarni o‗lchash bo‗yicha amalga oshiriladi.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‗iz orqali qabul qilinadigan dori 
vositalarini biofarmatsevtik ko‗rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‗rganish uchun 200 ga yaqin 
usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. SHulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash 
bo‗yicha taklif etilgan 
“Aylanuvchan kajava”
usuli qator e‘tirof etilgan halqaro 
farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning 
respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. 
“Aylanuvchan kajava”
usulining bu darajada 
keng qo‗llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‗p holatlarda in vivo 
tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‗liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga 
oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir. 
Ayrim tabletkalar uchun in vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba 
natijalari o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida 
korrelyasion bog‗liqlik yuqori darajada ifodalangan 
“Erish testi”
ni amalga oshirish sharoitlari 
belgilandi. 
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‗lsa, olingan natija shunchalik ijobiy 
hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning 
biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‗ladi. 
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati 
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim. 
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni 
in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‗g‗ri tanlashga 
imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib 
turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam 
qo‗llaniladi.
In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‗rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini 
bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‗ladi.
“Erish”
testi quyidagicha ifodalanishi mumkin: ―
Test “Aylanuvchi kajava” 
asbobida, 
uning kajavasiga 1 yoki «umumiy» namuna («yig‗indi» namuna) tekshirilganida birdaniga 5 ta 
tabletkani joylagan va tegishli ravishda 200 va 1000 ml tozalangan suvdan erituvchi muhit 
sifatida foydalangan holda, 50 ayl/daq. aralashtirish rejimida amalga oshiriladi. 30 daq dan so‗ng 
muhitdan 5 ml namuna olinadi, darhol g‗ovaklarining diametri 0,45 mkm bo‗lgan «Millipor» 
filtri orqali filtrlanadi. Har bir seriyadagi 5 ta tabletka uchun alohida tabletkadan erituvchi 
muhitga o‗tgan ta‘sir etuvchi moddaning miqdorini aniqlash yo‗li bilan tabletkadan erituvchi 
muhitga ajralib chiqqan ta‘sir etuvchi modda miqdorining o‗rtacha qiymati hisoblanib, u 78% 
dan kam bo‗lmasligi kerak. Birdaniga 5 ta tabletkaning erishini aniqlashda olingan «umumiy» 
namuna tekshirilganida, erituvchi muhitga ajralib chiqqan ta‘sir etuvchi modda miqdori me‘yor 


98 
bo‗yicha belgilangan miqdorga 10% ortig‗i bilan mos kelishi kerak. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish