Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Dori ichish uchun ishlatiladigan suyuqlik xossasini ta‘siri



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Dori ichish uchun ishlatiladigan suyuqlik xossasini ta‘siri. 
Dori ichish uchun 
ishlatiladigan suyuqlik xossasi dorivor moddaning biologik samaradorligida ma‘lum ahamiyatga 
ega. Ko‗pincha, dorivor moddaning yoqimsiz hidi va ta‘mini yo‗qotish uchun ularni turli 
sabzavot-mevali sharbatlar, ichimliklar va sut bilan ichiladi. Ko‗pchilik sabzavot-mevali 
sharbatlar nordon bo‗lib, birikmaning kislotaga nisbatan bardoshliligini yo‗qotadi, masalan 
ampitsillinning natriyli tuzi, sikloserin, eritromitsin (asos), benzilpenitsillinning kaliyli tuzi. 
SHarbatlar ibuprofen, furosemidlarni so‗rilish tezligini kamaytirishi mumkin, adebit, 
barbituratlar, diakarb, nevigramon, nitrofuranlar, salitsilatlarni farmokologik samaradorligini 
kuchaytiradi. Mevali sharbatlar va ichimliklar tarkiyuida burishtiruvchi moddalar saqlaydi va
digitoksin, kofein-benzoat natriy kabilarni cho‗ktirishi mumkin. 
Tetiklashtiruvchi ―Baykal‖, ―Pepsi-kola‖ ichimliklari tarkibida temir ionlari bo‗ladi. Ular 
linkomitsin gidroxlorid, oleandomitsin fosfat, tetratsiklin gidroxlorid, natriy tiosulfat bilan 
OITda erimaydigan bu dorilarni so‗rilishini susaytiruvchi birikmalar hosil qiladi. 
SHu maqsadda ko‗p ishlatiladigan choy va kofe kofein va teofillindan tashqari, tannin va 
turli buritiruvchi moddalarni tarkibida saqlaydi va ular paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasining 
farmokologik faolligini kechiktiradi, aminazin, atropin sulfat, galoperidol, kodein, morfin, 
gidroxlorid, papaverin gidroxloridi bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiladi. SHuning uchun 
ular bilan qabul qilinayotgan dorilarni ichish tavsiya etilmaydi. Istisno sifatida ½ stakan iliq, 
achchiq bo‗lmagan, shirin bo‗lmagan choy bilan uyqu keltiruvchi barbituratlar ichiladi. 
Dorilarni turli shirin ichimliklar yoki sut qandi bilan ta‘mini yaxshilab qo‗llanilsa 
izoniazid, ibuprofen, kalsiy xlorid, tetratsiklin gidroxlorid, furosemidlar kabilarning so‗rilishi 
keskin susayadi. 
Ayrim OIT shilliq pardasiga qitiqlovchi ta‘sir etuvchi dorilar sut bilan ichiladi. Ko‗krak 
suti yoshidagi bolalarga dorilarni sut va sut mahsulotlari bilan aralashtirilib beriladi. Sut 
benzilpenitsillin, sefaleksin kabi dori preparatlari tarkibidagi dorivor substansiyalarni
o‗zgartirib, ularning biologik samaradorligini pasaytiradi. Bir stakan sut, tetratsiklin gidroxloridi, 
oksitetratsiklin va metatsiklin gidroxloridining qondagi konsentratsiyasini 50-60% kamaytiradi, 
doksitsiklin gidroxloridining esa so‗rilishiga deyarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Kislotaga bardoshli 
qobiq bilan qoplangan (enterosolyubil) preparatlarni, masalan: bisakodil, pankreatin, pankurmen 
kabilarni sut bilan ichish tavsiya etilmaydi, chunki vaqtidan oldin qobig‗i erish havfi bo‗ladi. 
Xuddi shu sabab bilan yuqorida qayd etilgan preparatlarni ishqorli mineral suvlar (Borjomi, 
Lujansk, Smirnovskiy kabilar) bilan ichish maqsadga muvofiq emas. Aksincha, ishqorli 
mineral suvlar bilan pankreatin, PASK, salitsilatlar, sitramon, ftazin, novotsefalgin va 
sulfanilamid preparatlarini ichish tavsiya etiladi. CHunki ular organizmda atsetillashadi, 
atsetillangan birikmalar neytral va kislotali muhitda erimaydi va toshlar ko‗rinishida cho‗kmaga 
tushadi. Ishqorli muhitda atsetillangan sulfanilamidlar eritma holatida bo‗lib, organizmdan engil 
chiqariladi. 
YOsh bolalarga dorini sut bilan ichirilganda, dorining dozirovkasi aniqligini buzilishiga 
olib keladi. OIT shilliq yuzasini qitiqlaydigan, o‗zining faolligini sutning rN(6,4) muhitida 
o‗zgartirmaydigan, sutdagi oqsil va kalsiy bilan birikmaydigan (butadion, indometatsin, 
prednizolon, rezerpin, trixopol, kaliy tuzlari, nitrafuran, vibramitsin, etoksid,yod preparatlari va 
boshqalar) dori preparatlarini sut bilan ichish tavsiya etiladi. Ayrim bemorlar dorilarni qabul 
qilishda hech qanday suyuqlik ichmaydilar, bunday holat tavsiya etilmaydi, chunki kapsulalar, 


30 
tabletkalar, drajelar, qizil o‗ngach va OIT ichki yuzasiga yopishib qolib so‗rilishi kerak bo‗lgan 
erga etmay parchalanib ketadilar. Bundan tashqari bu dorilar yopishgan erlarini qitiqlaydilar va 
suyuqlik miqdorini kamligi esa ularni so‗rilishini susaytiradi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish