Rang korrigentlari
Korrigentlarni ta’mini,hidini va rangini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi.Rang bolalar amaliyotida katta psixologik axamiyatga ega.Tajribalar asosida aniqlangan:
7-12 yoshli bolalarga,ko‘pincha eng yoqimli ranglar: qizil, havorang, binafsharang.
Yaxshi ijobiy ta’surot qoldiradigan ranglar:ko‘k,pushti,zarg‘aldoq ranglar.
Lekin rangsiz,qora ranglar ularda salbiy reaksiya chaqiradi.Shuning uchun dorilar rangiga ham e’tibor berish lozim.
Rangni yaxshilovchi korrigentlar dori turlariga xar xil, bolalarga yoqimli, rang berish uchun mo‘ljallangan.Ular tabiati bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linadi:
1.Tabiiy moddalar:antotsianlar,xlorofill,karotinoidlar.
2.Sintetik moddalar:turli hil eruvchan (laklar),va erimaydigan (pigmentlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |