Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari



Download 6,38 Mb.
bet112/208
Sana08.01.2022
Hajmi6,38 Mb.
#333271
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   208
Bog'liq
ДТТРИ МАЖМУА 20-21 25.09

"Geriatriya" bu tibbiyotning bir soxasi bo‘lib, qariyalarni davolash va profilaktikasini o‘rganadigan/fan. Uning asosiy vazifalari dan biri bu odam umrini uzaytirishga qaratilgan dori vositalar izlab topish va ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.

Qarish (keksayish) – ob’ektiv va sub’ektiv biologik qonuniyatlar ga asoslangan organizmni hayot kechirishining so‘nggi bosqichini ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, bunday oshulag‘ayishi bilan organizmda asta-sekin moslashish imkoniyatlari kamayib, o‘lishehtimoli ortadi. Keksayish va qarish davrini kelishish artlira vishda belgilanib, hayot kechirish davrini ortishibilanushbuvaqtsuriladi.

Geriatrik yosh o‘rtacha hisobda 60 yoshdan boshlanadi va geriatrik davri o‘znavbatidaquyidagilargabo‘linadi:

-keksalik davri-60-74 yosh

-qariyalik davri 75-90 yosh

-uzoqyashovchilar 90 yosh dan keyin.

Maxsus geriatrik dorilarni yaratish zarurligi chambarchas organizmni qarish

natijasida tanada muxim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan bog‘liq ( tizim , a’zo, to‘qimalarda). Oshqozon-ichak shiralarining ishlab chiqarilishi susayadi. Ayniqsa, oshqozondagi kislota muhiti o‘zgaradi, bu esa dorilarning erish tezligiga (tabletkalarda, kapsulalarda) ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rtacha 30% ga so‘rilish tezligi kamayadi va 58% so‘rilish jarayonining samaradorligi pasayadi. Ayniqsa, salitsilatlarning, barbituratlarning, antibiotiklarni, sulfanilamidlarning so‘rilishi susayadi va oqibatda dorilarning ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi xamda maxalliy salbiy ta’siri oshadi.

O‘rtacha 20% gacha xayotiy muhim bo‘lgan tana a’zolarining vazni (jigar, yurak) kamayadi. Lekin bunga qaramasdan yog‘larning miqdori o‘rtacha 10-20% ko‘payadi. SHu o‘zgarishlar dorilarning oddiy dozalarda berilganida qondagi belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan konsentratsiyasini hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oqibatda dorilarning salbiy ta’siri oshadi.

2. Tanada tarqalgan suv miqdori o‘rtacha 10-15% kamayadi, ayniqsa 75 yoshdan keyin esa bu son 18-20% gacha bo‘ladi. Undan tashqari xujayralarining tarkibidagi suv miqdori ancha kamayadi. SHu o‘zgarishlar dori moddaning organizmda to‘la tarshqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, ayniksa suvda eruvchan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkin.

Dorilarning metabolizmida qatnashadigan ferment sistemalarining faoliyati ancha susayadi, ayniqsa jigarda dorilarni enzimatik parchalanish reaksiyalar tezligi sekinlashadi. Bu esa iste’mol qilingan dorilarning va ularning parchalangan maxsulotlarini (metabolitlarini) organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin, natijada dorilarning salbiy ta’sirlarini kuchayishi kuzatiladi.

Qariyalar yoshida buyrak faoliyati o‘zgaradi (o‘rtacha hisobda buyrakda qon aylanish darajasi 50% va azot chiqarish qobiliyati 3 marta kamayadi). Bu esa dorilarni organizmdan chiqib ketish va dorilarni kumulyasiyasiga sabab bo‘ladi.

6. Sulak ishlab chiqarish va chaynab maydalash kobiliyati susayadi

7.Qon aylanish tezligi va qon tomirlarning o‘tkazuvchanligi kamayadi. Natijada dori moddalarni IOS dan so‘rilishi ancha susayadi, ularni tanada tarqalishini o‘zgartiradi. SHuni hisobiga ularning qonda yuqori konsentratsiyasi namoyon bo‘lishi va salbiy toksik ta’siri oshishi kuzatiladi.



Qon zardobidagi albumin fraksiyasining tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi.Oqibatda dori moddalarni oqsillar bilan bog‘lanish darajasi pasayadi va dorilarni tanada transportlash jarayoni o‘zgaradi. Buning natijasida terapevtik dozalarda qabul kilingan preparatlarning qonda uzoq vaqt davomida yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi.

9. SHu bilan birgalikda qariyalarning vegetativ asab sistemasining faoliyati susayadi, oqibatda ko‘p xollarda moslanish ( adaptatsiya) jarayonlari o‘zgaradi.

10. Qariyalarda asosiy xayotiy muhim vitaminlar, mikroelementlarning etishmovchiligi kuzatiladi ( so‘rilish jarayonlari o‘zgarishi oqibatida).

11. Qariyalarda qatiq jismlarni (shu jumlada tabletkalar,kapsulalar, drajelar) yutishda muammo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish ( disfagiya xolatlari uchraganligi uchun). SHu bilan birga suyuq dorilarni qabul qilishda xam qiynchiliklar mavjud; qariyalarda qo‘l titrashlar xolatlari tez-tez uchrab turganligi uchun 1

Demak, qariyalar organizmida sodir bo‘gan o‘zgarishlar dorilarning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin (so‘rilish, tarqalish, biotransformatsiya va chiqib ketish jarayonlarida) va shunga bog‘liq dorilarni salbiy reaksiyalarini oshishi.

Agar o‘rta yoshdagi odamlarda dorilarning salbiy ta’siri 10,2% bo‘lsa, o‘rtacha hisobda 75-80 yoshdagi kasallarda bu son 20,3%ga etishi mumkin.90 yoshdan so‘ng bu ko‘rsatkich 24% ni tashkil etishi kuzatiladi.Ayrim paytlarda dorilarning paradoksal (ya’ni teskari kutilmagan ta’siri bo‘lishi mumkin) Masalan, ma’lumotlar bo‘yicha papaverin gidroxlorid qariyalarda qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin,

shuning uchun geriatriya yoshiga etgan kasallarga maxsus geriatrik dorilar yaratilishi dolzarb muammo deb xisoblanadi.

SHuning uchun akademik CHebotaryov tomonidan geriatriya amaliyotida farmakoterapiyaga qo‘yiladigan asosiy talab bu-ehtiyotkorlik degan va quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish kerakligini ta’kidlagan:



  • yangi dorilarni extiyotkorlik bilan berish,chunki salbiy reaksiya darajasi yuqori

  • bemorga beriladigan dorilarning sonini imkon darajasida chegaralangan bo‘lishi ,chunki ularning bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida salbiy reaksiyalarning sodir bo‘lishi geriatriya yoshidagi bemorlarda yuqori bo‘ladi

  • ishlatiladigan dori turlari qulay bo‘lishi lozim va ta’sir etuvchi moddalarning qariyalar organizmiga salbiy reaksiyalarini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak

1-jadval


Download 6,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish