Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

“Charxpalak”
 
uslubi bo‘yicha olib boriladi.  
 
 № 
Texnologik bosqichlar 
Dori shakllari 
poroshok 
eritma 
surtma 
1. 
Tortish-o’lchash 
 
 
 
2. 
Maydalash 
 
 
 
3. 
Aralashtirish-eritish 
 
 
 
4. 
qadoqlash 
 
 
 
5. 
jihozlash 
 
 
 
Vaziyatli masala** 
1.
 
Talaba substansiyaga nisbatan tabletkaning biosamaradorligi past dedi. Javob to’g’rimi? 
2.
 
Talaba  poroshoklarning  tayyorlanish  jarayoni  biosamaradorlikka  ta’sir  etmaydi  deb  javob 
berdi. Talaba to’g’ri javob berdimi? 
 
Uslubiy  ta’minot  va  mashg‘ulot  jihozlanishi:
  mavzuga  oid  tarqatma  materiallar,  uslubiy 
qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya. 
Asosiy matn 
  Texnologik  jarayon  –  ishlab  chiqarish  jarayoning  bir  bo‘lagi  bo‘lib,  ilmiy  asoslangan 
hujjatlar asosida maqsadga erishish uchun o‘tkaziladigan jarayon. Ishlab chiqarish bosqichlari – 
texnologik jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, jarayon so‘ngida tayyor sifatli mahsulot olinadi. 
Texnologik  (ishlab chiqarish) jarayonlar  – bu  shunday usulki,  u aniq  texnologik  qabul  va 
operatsiyalardan  tashkil  topadi.  XX  asrning  60-yillarigacha  dori  preparatlarini  tayyorlash  usuli 
preparat  terapevtik  faolligiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omil  ekanligiga  e’tibor  berilmagan.  Dori 
preparatlari tovarshunoslik nuqtai nazardan baholangan. 
Dori  preparatlarga  bunday  yondashuvda  dori  vositasining  organizmdagi  holati 
farmatsevtik texnologiyaga bog‘liqligi e’tiborga olinmagan. Dorixona va sanoat ishlab chiqarish 
miqyosida  dori  preparatlari  umumiy  texnologiyalar  asosida  tayyorlangan  va  tayyor  mahsulotni 
uning  ko‘rinishi,  massasi,  konsitensiyasi,  geometrik  shakli,  biofaol  moddalarning  miqdori  va 
boshqalarga qarab baholangan. 
Klinika  sharoitida  dori  preparatlarining  tayyorlanish  usullari  ularning  terapevtik  ta’siri 
bilan  bog‘liq  ekanligi  ko‘ringach  famatsevtik  texnologiyalar  jarayonlari  prinsipial  asosda 
yangicha  tushunchaga  ega  bo‘ldi.  Ko‘pincha  dori  moddalarining  o‘zgarishini  kimyoviy  usullar 
bilan  aniqlash  mumkin  emas,  bu  faqatgina  dori  vositalarning  sifatini  biologik  nuqtai  nazardan 
baholash ishonchli hisoblanadi. 
Biofarmatsevtik  tadqiqotlar  dorilar  terapevtik  faolligini  oshirishda  texnologik 
jarayonlarning  ahamiyatini  ilmiy  ravishda  tushuntirish  imkonini  berdi.  Biofarmatsiya  paydo 
bo‘lgungacha bu savolga deyarli ahamiyat berilmagan. 
Bugungi  kunda  dori  preparatlarining  olinish  usullari  dori  moddalarining  turg‘unligi, 
ajralib chiqish tezligi, organizmda so‘rilish intensivligigi va uning terapevtik faolligini belgilashi 
isbotlangan. 
Dori  shakllarining  fizik-kimyoviy,  fizik-mexanik  va  boshqa  xarakteristikalariga  qarab 
ularning tayyorlash usullari va apparatura tanlab olinadi. Masalan, suppozitoriyalar tayyorlashda 
- maydalash, elash, asosni eritish, aralashtirish, suppozitoriya massasini shaklga quyish, sovutish 
va hakozolar;  tabletkalar olinayotganda  – maydalash, quritish, elash, aralashtirish, donadorlash, 
pudralash, presslash, kerak bo‘lsa qobiq bilan qoplash kabilar amalga oshiriladi.  
Tabletkalarning  boshqa  dori  shakllariga  qaraganda  bir  qator  afzalliklarga  egaligi  tufayli 
ular  XX  asr  o‘rtalarida  asosiy  dori  shakllaridan  biriga  aylanib  qolgan  va  farmatsevtik  va 
biofarmatsevtik  nuqtai  nazardan  eng  keng  o‘rganilgan.  Bundan  tashqari,  tabletkalar  olishda 


201 
 
barcha  alohida  jarayonlarning  dori  preparatining  fizik-kiyoviy  xossalariga  terapevtik  faolligiga 
ta’siri o‘rganilgan. Ayniqsa chuqur eksperimental tadqiqotlar donadorlash, presslash, quritish va 
boshqa  jarayonlarda  olib  borilgan.  Nazariy  va  amaliy  tomondan  o‘tgan  yuz  yillikning  60 
yillarida  tabletkalar  tayyorlashda  tabletka  olish  bosqichlarini  ratsional  selektiv  yondashuvdan 
asosida tanlash lozimligi asoslangan.  
Suspenziyalar, emulsiyalar, linimentlar, aerozollar va boshqa dori shakllarining olinishida 
texnologik  jarayonlarning  ta’siri  biofaollikka  ta’siri  eng  kam  darajada  o‘rganilgan.  Shuni  ham 
esdan  chiqarish  kerak  emaski,  ba’zi  dori  preparatlarni  tayyorlashda  bir  jarayon  bir  necha 
marotaba qaytarilishi ham mumkin. 
Texnologik  bosqichlar  texnologik  reglamentda  keltiriladigan  parametrlar  va  rejimlariga 
ega.  Bu  parametrlarga  rioya  qilmaslik  dori  moddalarining  qayta  ishlash  vaqtida  o‘ziga  xos 
o‘zgarishlarga  olib  keladi,  chunki  barcha  turdagi  mexanik,  nur,  issiqlik,  tovush  va  boshqa 
ta’sirlar  orqali  molekulalar  strukturasining  o‘zgarishi  (mexanokreking)ga  olib  keladi. 
Molekulalaring  mexanokrekingi  natijasida  bo‘sh  radikallar  paydo  bo‘ladi,  ular  bo‘sh  radikalli 
reaksiyalarga kirishib kislorod bilan kimyoviy zaharli peroksid bog‘lanish hosil qiladi, yoki  bir 
biriga ta’sir ko‘rsatib, faol bo‘lmagan polimerlar hosil qiladi.  
Moddalarda  turli  xildagi  mexanik-kimyoviy  o‘zgarishlar  masalasi  bilan  yangi  fan  soha 
mexanokimyo
 shug‘ullanadi.  Qadoqlash va saqlash muddati  , hamda qobiq  bilan qoplanganligi 
dori  preparatlarining  terapevtik  faolligiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Dori  preparatlarini 
tayyorlashda sub’ektiv faktorlar ham  o‘ziga xos  o‘ringa ega. Ayniqsa bu  kichik seriyali ishlab-
chiqarishga  tegishli.  Masalan,  dorixonada  texnologik  jarayonlar  tanlash,  mutaxassisning 
kvalifakatsiyasi va bilim darajasi, uning ishlab chiqarish amaliyoti, analitik fikrlashi, vaziyat va 
hakozolarga bog‘liq, va bu hamma faktorlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Dori  preparatlarini  tayyorlashda  farmatsevt  turli  o‘zgaruvchi  faktorlarni  inobatga  olish 
uchun yuqori darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish