7
I.
O‘QUV MATERIALLAR
1.1
MA’RUZA MASHGULOTLARI
1-Ma’ruza
Biofarmatsiya fan sifatida, uning maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar.
Reja:
1. Biofarmatsiya fan sifatida.
1.1. Asosiy tushunchalar.
1.2. Biofarmatsevtik terminlar.
2. Biofarmatsiyaning rivojlanish tarixi.
2.1. Biofarmatsiya faniga hissa qo‘shgan olimlar.
2.2. Biofarmatsiya faniga ilmiy yondoshash.
Asosiy matn
«Biofarmatsiya» - texnologiyaning nazariy asosi bo‘lib, dori preparatlarining terapevtik
ta’siriga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillarni (farmatsevtik, biologik) o‘rgatadi. Bunga binoan
biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning odamda va hayvonlarning biologik faolligiga ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni o‘rganish va shunga binoan ularning terapevtik unumdorligini oshirish
va qo‘shimcha ta’sirini kamaytirishdir.
Biofarmatsiya –farmatsiyada ilmiy fan bo‘lib, ta’sir etuvchi va yordamchi moddalarning
fizik
va fizik-kimyoviy xususiyatlarini dori preparatlaridagi bir-biriga turli xil dori shakllarida, ammo
bir xil dozada ularning terapevtik faoliyatiga ta’sirini o‘rgatadi.
Biofarmatsiya ta’limotining kelib chiqishi nafaqat farmatsiyaning, balki tibbiyotning,
kimyoviy fanlarning va boshqa fanlarning rivoji asosida paydo bo‘ldi. Biofarmatsiyaning
boshlanishi xususan bir qator rivojlangan sohalar kesimida yuzaga keldi.
U asosan bir xil dori preparatlarining noekvivalentligi asosida kelib chiqdi, ya’ni turli
farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan bir xil nomda va dozada bo‘lgan dori preparatlarini
turli terapevtik ta’sir ko‘rsatishi natijasida kelib chiqdi. Bu holat asosan quyidagi sabablar
asosida tushuntirildi: farmatsevtik omillar - turli xil yordamchi moddalarning ishlatilishi, turli
texnologik jarayonlarning ishlatilishi, dori vositalar va yordamchi moddalarning maydalik
darajasi.
Maxsus adabiyotlarda “farmatsevtik omillar” termini ba’zi klinik tadqiqotlar asosida dori
preparatlarining olinish texnologiyasi ularning terapevtik faolligiga bog‘liqligi bilan
tushuntirildi.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda, “
biofarmatsiya”
atamasini birinchi marta 1961
yilda AQSH olimlari Levi va Vagnerlar ishlatishgan. Biofarmatsiya atamasi ko‘p evropa
mamlakatlarida ishlatiladigan
ingliz iborasi
“biopharmaceutics”
ga ekvivalentdir.
Ingliz adabiyotlarida keltiriladigan
“pharmaceutics”
iborasi “
farmatsiya”
iborasining
sinonimi hisoblanmaydi, aksincha u galen preparatlari farmatsiyasi deb tushiniladi.
“Viopharmaceutics”
iborasi va undan tashkil topgan “
biopharmaceutical
” so‘zma so‘z olganda
“biogalenika” va “biogalen” deb tarjima qilinadi.
Bu atamaning aniq va to‘liq ifodasi 1972 yilda Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining
ilmiy farmatsevtika Akademiyasi tomonidan keltiriladi. Bunga binoan biofarmatsiyaning asosiy
vazifasi dorilarning odamda va hayvonlarning biologik faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni
Do'stlaringiz bilan baham: