Barbitur kislotasi hosilalarini rangli va mikrokristalloskopik reaksiyalari natijalari
Barbiturat nomi
| Reaksiya natijalari |
Kobalt ammiakat reaktivi
|
Xlor-rux-yod reaktivi
|
Temir-yod reaktivi
|
Mis-yod reaktivi
|
Mis-piridin reaktivi
|
Barbital
|
|
|
|
|
|
Fenobarbital
|
|
|
|
|
|
Etaminal Na
|
|
|
|
|
|
Barbamil
|
|
|
|
|
|
Butabarbital
|
|
|
|
|
|
Benzonal
|
|
|
|
|
|
Geksenal
|
|
|
|
|
|
«VENN DIAGRAMMASI» TRENINGI
KEYS. Sud-kimyo ekspertizasiga reanimatsiyada koma holatida yotgan bemorning qon va peshobi keltirildi. Dastlabki tahlil barbituratlar borligiga ishora berdi. Yechimini bayon eting.
Olingan bilimlarni tеkshirish uchun savollar
Barbitur kislotasi hosilalari qanday toksikologik va narkologik ahamiyatga ega?
Barbitur kislotasi hosilalarini biologik ob’ektdan ajratib olishda qanday xususiy usullarni qo‘llanadi?
Barbitur kislotasi hosilalarini aniqlashda qo‘llaniladigan qanday umumiy reaksiyalar mavjud?
Barbitur kislotasi hosilalarini aniqlashda kobalt tuzi va ammiak ishtirokida reaksiya kimyoviy tenglamasini yozing va izohlang.
Barbituratlarni konsentrik sulfat kislotasi ishtirokida hosil qilish mikrokristalloskopik reaksiyalarini izohlang.
Barbituratlarni aniqlashda qo‘llanadigan mikrokristalloskopik tahlil reaksiyalarini izohlang?
10-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Barbitur kislota hosilalarini YUQX “skrining” usulida tahlili
Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi:
Barbitur kislota hosilalarini YUQX va boshqa fizik-kimyoviy tahlil usullarini o‘rganish.
Barbitur kislota hosilalarini YUpqa qatlam xromatografik usulini qo‘llay bilish;
Mashg’ulot maqsadi: Barbitur kislota hosilalarining narkologik axamiyati, fizik va kimyoviy xususiyatlari, chinligini tahlil qilishda qo‘llaniladigan YUQX “skrining” usulini o‘rganish
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: Tahlil natijasiga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin: barbitur kislota hosilalarini YUQX “skrining”usulida Rf qiymatlariga qarab xulosa qiladilar
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: probirkalar, ajratgich voronkalar, reaktivlar, o’lchov kolbalari, tarozilar, pipetkalar, mikroskop, buyum oynachasi, chinni kosachalar, botiq chuqurchali buyum oynachasi, kolonka, xromatografik plastinka, UB-SF, yorituvchi reagentlar,ko‘rgazmali materiallarlar.
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Barbituratlarni fizik kimyoviy usullarda tahlili
1. Yupqa qatlam xromatografiyasi usulini qo‘llash uchun KSK markali silikagel va gips aralashmasi bilan qoplangan tayyorlangan yoki tayyor “silufol” plastinkalaridan foydalanish mumkin.
2.Xromatografiya uchun ishlatiladigan xloroform bilan atsetonning 9:1 nisbatidagi aralashmasi tayyorlanib, kameraga 1 sm qalinlikda quyiladi va kamera 10 daqiqa davomida shu aralashma pori bilan to‘yintiriladi.
3.Tekshiriluvchi moddalar eritmasini xromatografik plastinkalarga o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi: plastinkaning pastki qismidan 1,5 – 2 sm yuqoriga 1-nuqtaga bir yoki ikki tomchi tekshiriluvchi ob’yektdan olingan xloroformli eritma tomiziladi, ikkinchi nuqtaga esa barbital va barbamilning xloroformli eritmasi va uchinchi nuqtaga esa fenobarbital bilan nembutalning xloroformli eritma aralashmasidan (taqqoslovchi sifatida) 1-2 tomchidan kapillyar naychalar yordamida tomiziladi. Erituvchilar uchirilgach plastinka, avvaldan qo‘zg‘aluvchi faza pori bilan to‘yintirilgan kameraga tushiriladi va suyuqlik 10 sm ga ko‘tarilguncha kutiladi, so‘ngra plastinka kameradan olinib uy haroratida quritiladi.
4.Tekshiruvchi moddalarni aniqlash maqsadida plastinka quyidagi reaktivlar bilan ketma-ket purkaladi: a) 0,01% difenilkarbozidning (DFK) xloroformli eritmasi va xloroform porlatilgach, 5 % simob sulfatning 2 % sulfat kislotasidagi eritmasi. Binafsha rangli dog‘ va ularning Rf- qiymati bo‘yicha barbituratlardan qaysi biri borligi aniqlanadi va jadvalga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |