yashaydigan xayot kechirish muxitining qulay jixatlarini kafolatlashga yo‗naltirilgan. Bunday
ekologik siyosatning amalga oshirilishi xalq xo‗jaligi majmui va umuman jamiyatning
barqaror rivojlanishi shartlaridan biri bo‗lib qolishi kerak. O‗zbekiston Respublikasining
ekologik siyosati natijalaridan biri inson salomatligi uchun yuqori darajadagi xavfga ega
xududlarda atrof-muxit sifatini yaxshilash va ekotizimni barqarorlashtirishdan iborat bo‗ldi.
Orol bo‗yida ekologik vaziyatning oqibatlarini bartaraf qilish bo‗yicha tadbirlar amalga
oshirilmoqda - kichik maxalliy suv xavzalari, ichimlik suvi bilan ta‘minlovchi suv
o‗tkazgichlarining qurilishi olib borilmoqda. Respublikamizda 1991 yildan boshlab
ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga tashlanish miqdori 1.95 barobar pasaydi,
ifloslangan oqava suvlari 2.0 barobarga kamaydi.
Pestitsidlardan foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 barobar qisqardi. Ekin
maydonlarida paxta ekishning kamaytirilishi xisobiga g‗alla va dukkakli, sabzavot va poliz,
kartoshka ekin maydonlari kengayib bormoqda.
Paxta ekiladigan maydonlar xozirgi kunda ancha qisqartirilgan va ekin
maydonlarining taxminan 40 foizini tashkil etadi. Milliy qo‗riqxonalar, bog‗lar va
ekomarkazlar rivojlantirilmoqda.
2005 yilda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 24
oktyabrdagi 469-sonli qarori bilan tasdiqlangan, mamlakatimiz ekologik siyosatini amalga
oshirishda asosiy strategik yunalish xisoblangan ―O‗zbekistonda 1999-2005 yillarda atrof-
muxitni muxofaza filish bo‗yicha xarakatlar dasturini‖ va 1999-2005 yillarga mo‗ljallangan
atrof-muxitni muxrfaza qilish bo‗yicha xududiy dasturlarni amalga oshirish muddati
yakunlandi. Joriy davr mobaynida ushbu dastur O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
tomonidan 1999 yil 11 noyabrida tasdiqlangan, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 20
oktyabrda qabul qilingan 469-sonli qarorini bajarish bo‗yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan
amalga oshirildi.
2005 yil avgust xolati bo‗yicha 165 rejalashtirilgan tadbirlardan 136 tasi yoki 82,4%
bajarilgan, 25 tadbir bajarilmoqda (ulardan 6 tasini bajarish muddati tugallanmagan) va 4
tadbir bo‗yicha ishlar mablag‗, yo‗qligi sababli bajarilmayapti, umuman ko‗zda tutilgan
tadbir-choralarni qamrab olish 98,2% ni tashkil etadi.
Ushbu chora-tadbirlarni bajarish uchun 3,0 milliard sum, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln.
AKSH dollaridan ziyod mablag‗ o‗zlashtirildi. Ulardan: 863,2 mln.sum davlat byudjeti
mablag‗i; 1,5 mlrd, sumdan ko‗prog‗i - korxona va tashkilotlar mablag‗lari; grant asosidagi
investitsiyalar 571,6 mln. sumni, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln. AKSH dollarini tashkil etdi
xamda 362,9 mln. sum tabiatni muxrfaza qilish jamg‗armalari mablag‗laridan iborat bo‗ldi.
Tadbirlarni bajarish natijasida atmosferaga ifloslangan moddalarning tashlanishi 2.1 ming
tonnadan ko‗proq kamaytirildi, etillashtirilgan benzin ishlab chiqarish ulushi -16,9% ni
tashkil
etdi (20% - ko‗zlangan edi), yuk tashish va engil avtomobillar uchun gaz balonli uskunalar
tayyorlandi va sinovdan o‗tkazildi, tarkibida simob mavjud bo‗lgan ishdan chiqqan
lampalarning 75% dan ortig‗i qayta ishlandi. Dasturni bajarish natijasida davlat tabiatni
muxrfaza qilish qo‗mitasi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar, idora va tashkilotlar bilan
birgalikda O‗zbekiston Respublikasining quyidagi beshta qonunlari: ―Ekologik ekspertiza
to‗g‗risida‖ (25.05.2000), ―Radiatsion xavfsizlik to‗g‗risida‖ (31.08.2000), ―Davlat
kadastrlari
to‗g‗risida‖ (15.12.2000), ―CHiqindilar to‗g‗risida‖ (05.04.2002), ―Muxofaza etiladigan tabiiy
xududlar to‗g‗risida‖ (13.12.2004), xamda O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining
quyidagi 32ta qarorlari: ―O‗zbekiston respublikasi davlat byudjetining 2000 yil uchun asosiy
makroiqtisodiy kursatkichlari va parametrlarining prognozi to‗g‗risida‖ (554-sonli 31 dekabr
amalga oshirildi. Jami 500 dan ortiq mutaxassis malaka oshirish bo‗yicha o‗qitildi. OBMlarni
boshqarish bo‗yicha o‗quv anjomlari olinib, TDTU, Navoiy tog‗ kolleji, Qarshi muxandislik-
iqtisodiy va Toshkent kimyo-texnologiya institutlariga etkazib berildi. 1,1 mln. AKSH
dollariga teng mablag‗i xisobiga XFU-12 xladagentlarni retsirkulyasiya qilish va ajratib olish
bo‗yicha uskunalar sotib olindi va 101ta korxonaga taqsimlandi.
Iqlim o‗zgarishi xaqida Milliy ma‘ruza tayyorlandi va u iqlim o‗zgarishi bo‗yicha
Milliy Komissiya tomonidan tasdiqdandi.
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish bo‗yicha milliy strategiya loyixasi ishlab
chiqildi va 9.10.2000 yilda Vazirlar Maxkamasi tomonidan 389-sonli qaror qabul qilindi.
Milliy strategiyani amalga oshirish maqsadlarida xalq xo‗jaligi turli soxalari bo‗yicha 12 ta
loyixa tayyorlandi va moliyalashtirish uchun Jaxon Banki, Global ekologik jamg‗armasiga va
boshqa xalqaro tashkilotlarga yuborildi. CHo‗lga aylanish bilan kurashish bo‗yicha xarakatlar
Milliy dasturi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda muvofiqlashtirildi va tasdiqlandi, mazkur
dastur cho‗lga aylanish bilan kurashish bo‗yicha BMT Konvensiyasining kotabiyati
tomonidan ma‘qullandi.
Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‗yicha Milliy strategiyani va xarakatlar
rejasini amalga oshirish uchun ―Muxrfaza etiladigan tabiiy xududlarni rivojlantirish va
joylashtirish Bosh sxemasi‖ ishlab chiqildi va uni tatbiq etish amalga oshirilmoqda.
―Nurota-Qizilqum biosfera rezervatlarini yaratish‖ loyixasi amalga oshirilmoqda,
biosfera rezervatlari chegaralari belgilandi va uning xududlarini zonalashtirish o‗tkazildi.
Qozog‗iston, Qirg‗iziston va O‗zbekiston xududlarida G‗arbiy Tyan-SHanda bioxilma-
xillikni saqlab qolish bo‗yicha transchegaraviy loyixa amalga oshirilmoqda.
G‗arbiy Tyan-SHan xududlarida noyob va iqtisodiy axamiyatga ega xayvonlar va
o‗simliklar turkumlarining kam uchraydigan va endemik turlari aniqdandi. O‗simliklarning
noyob va endemik turlarini saqlab qolish bo‗yicha ishlar amalga oshirildi.
Bajarish muddati tugagan 17 ta tadbirni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Toshkent shaxrida 358ta jixozlangan va 752 uskunalar bilan jixrzlanmagan chiqindi to‗plash
maydonchalari qurildi va ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: