Modifikatsiya (yoki turlanuvchi) omillarga hamma abiotik omillar kirib, ular
populyatsiyaning soni, sifati, zichligi, tuzilishi, ozuqa resurlariga faol ta'sir qiladi, ularning
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ammo o‘zlari o‘zgarmay qoladi. Organizm abiotik omillar
ta'sirini sezadi, ular qulay bo‘lganda populyatsiya a'zolari haddan ziyod ko‘payib ketadi.
Boshqaruvchi omillar - popuyatsiya a'zolarining miqdorini o‘zgartiradi, o‘zgarishni
tezlashtiradi,
optimal
holatdan
chetlashtiradi.
Bunday
boshqaruvchi
omillarga
organizmlarning bir-birlari orasidagi biotik munosabatlar kiradi. Organizmlar bir-birlari
bilan aoqada yashaydi, guruhlar hosil qiladi, bir-birlari sonini boshqarib turadi.
Populyatsiya biologik birliklar - biotsenozlar ichida o‘rganiladi. Ular faqat
laboratoriya sharoitida yoki alohida o‘ralgan, chegaralangan joylardagina yakka-yakka
o‘rganilishi mumkin.
Tabiatda populyatsiyaning turli hil tiplari uchraydi:
yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi);
panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi);
mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, ko`payish va boshqa
xususiyatlari bir xil bo`lgan individlar majmui);
izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan o`xshash, ya`ni barcha lokuslar
(xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) bo`yicha ko`pchilik hollarda
gomozigota bo`lgan individlar guruhi;
muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va
seleksion tazyiqlar o`rtasidagi muvozanatga asoslanib o`zgarib turadi va tasodifiy
juftlashish prinsipiga ko`ra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinasiyalanishda
genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga mos keladi.
Fanda mavjud bo`lgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat
matematik modellarda xisobga olinadi. Masalan, zog`ora baliq yirik ko`llarda 2 ta
populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirg`ok, yaqinida yashab, mayda xayvonlar bilan
oziqlanadi va sekin o`sadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliqlar bilan
oziqlanadi va tez o`sadi; g`o`zaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari
populyatsiyasi harorat, yorug`lik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha
reaksiyalar bilan xarakterlanadigan juda ko`p guruhlardan tashkil topgan.
Populatsiyaning tuzilishi
•
Populatsiya a‘zolarining jins yosh bo‘yicha, morfologik ko‘rinishi, fiziologik jarayoni,
xulqiy xolatlari, genetik xususiyatlari va xududlar bo‘yicha taqsimlanishi populatsiyaning
tuzilishini aks ettiradi.
Populatsiyalar quyidagicha tuzilishda bo‘ladi;
•
Populatsiyalarning yoshiga qarab tuzilishi; Populatsiyaning yosh boyicha tuzilishi
uning muhim belgisi bo‘lib, populatsiyaning tug‘ilishi va o‘lishiga ta‘sir qiladi.tezkor
ko‘payayotgan populatsiyalarning asosiy qismini yosh vakllar tashkil qiladi.
•
Populatsiyaning jins boyicha tuzilishi; populatsiya a‘zolarining yosh boyicha va jins
bo‘yicha tarkibi doim bir-birlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Populatsiya vakllarinig hayoti uning
yosh bo‘yicha tuzilishiga qaramdir.
•
Populatsiyaning makonda tuzilishi; populatsiyani hosil qiladigan tur vakllari har xil
makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. Bu bilan ular o‘zlari yashaydigan joy va
ozuqa bilan ta‘minlanadi hamda o‘sish, ko‘payish va rivojlanish, nasl qoldirish uchun
muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo‘ladi.
•
Populatsiyaning etiologik tuzilishi- uning a‘zolari ortasidagi qonuniy aloqalar bo‘lib,
uning asosida hayvonlar xulqlarini o‘rganadigan ish yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: