qalpoqchali shaklida bog„lash. Taxminan 1 m uzunlikdagi bint parchasi bosh
tepasiga ko„ndalang yo`nalishda qo„yiladi, ikki uchini esa quloq suprasining
oldidan pastga tushiriladi va tarang qilib tortib turiladi (yordamchi yoki
bemorning o„zi). Bint bilan bosh atrofidan birinchi sirkulyar o„ram qilinadi. Keyingi
o„ram bog„iga etgach, bintni shu bog„ atrofida aylantiriladi va biroz qiyshiq
yo„nalishda ensani berkitib yurgiziladi. Ikkinchi tomonda bintni bosh atrofida
qarama-qarshi tomonga aylantiriladi va qiyshiqroq yo„nalishda boshning peshona
qismiga olib boriladi. Bintning keyingi o„rami bilan ensa sohasi bekitiladi. SHu
tariqa bosh bir tekisda bintlanadi. Bintning uchi boshga bog„lanadi, keyin bog„
uchlari jag„ ostida bog„lanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |