qaytuvchi bog„lam. Bunday bog„lam aksariyat oyoq-qo„lning kesib tashlangan
(amputatsiya) dan qolgan qismi (cho„ltog„i) ga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun
u bir necha marta aylantirib o„raladi. So„ngra uni barmoqlar bilan tutib turib, 90
gradusli burchak ostida qayriladi va cho„ltoq orqali uzinasiga o„ramlar bilan
mahkamlanadi va bint bilan tamomila bekitulguncha qadar o„ram davom ettiriladi.
Bog„lamlarning aytib o„tilgan turlaridan gavdaning itsalgan sohasini bintlashda
foydalanish mumkin. SHuning uchun qo„llaniladigan bog„lamlarning ayrim turlari
utsida to„xtalib o„tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |