CHo„kayotgan odamni qutqarib, qirg„oqqa olib chiqiladi va birinchi yordam beriladi.
Agar SHikastlangan odam hushdan ketmagan bo„lsa, pulsi qoniqarli va nafas olishi
saqlangan bo„lsa, uni tekis, quruq qattiq joyga yotqiziladi, boshi past bo„lishi lozim,
kiyimlari echiladi, qo„l yoki sochiq bilan ishqalanadi. Issiq ichimlik beriladi va issiq
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo„lib, puls iva nafas olishi saqlangan bo„lsa, boshi orqaga
qilinadi, pastki jag„i oldinga tortiladi, so„ng uni boshi past qilib yotqizilib, barmoqlar bilan
og„iz bo„shlig„ini loydan, qusuq massalaridan tozalash kerak, uni ishqalab, artib isitiladi.
Jabrlanuvchi hushdan ketganda, Mustaqil nafas olmaganda, lekin Yurak faoliyati
saqlanib, nafas yo„llarini tozalash choralari o„tkazilgandan so„ng, tezlikda sun‟iy nafas
kuzatilmagandasun‟iy nafas berishni Yurak massaji bilan birga o„tkazish lozim. Oldin
nafas yo„llaridan suvni chiqarib tashlash kerak, buning uchun uni qorni bilan tizza
bo„g„imida bukilgan oyog„i soniga yotqiziladi kuraklar orasiga bosiladi. Bu muolajalar 15-
16 sekunddan oshmasligi kerak, chunki sun‟iy nafas o„z vaqtida berilishi kerak.
Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng jabrlanuvchini tezlikda kasalxonaga yotqizish
lozim, chunki o‘pkada asoratlar rivojlanishi mumkin (ikkilamchi cho‘kish sindromi).
Ikkilamchi cho„kish sindromi belgilari: o„tkir nafas etishmovchiligi, ko„krakda og„riq,
yo„tal, hansirash, havo etishmasligi, qon bilan yo„talish, qo„zg„alish, puls tezlashishi.
Elektr tokidan SHikastlanish katta kuchdagi elektr toki yoki atmosfera tokidan
(chaqmoq urishidan) yuzaga keladi. Elektr toki organizmga mahalliy va umumiy ta‟sir
ko„rsatadi. Mahalliy ta‟sir tokning kirish va chiqish joylarida to„qimalar kuyishi bilan
namoyon bo„ladi. Tok ta‟sirida nafas olish va Yurak faoliyati to„xtaydi. Jabrlanuvchining
terisi oqargan, qorachiq kengaygan, yorug„likka reaksiyasi yo„qolgan bo„ladi.
BTYO. Zudlik bilan elektr toki ta‟sirini to„xtatish lozim, ya‟ni elektr toki darhol
o„chiriladi. SHikastlangan kishini tortib olishda tokni yomon o„tkazadigandan
foydalaniladi.
So„ng mahalliy jarohatlariga aseptik bog„lam qo„yiladi. Og„riq
qoldiruvchilar, tinchlantiruvchilar, Yurak dorilari (Zelenin tomchilari) beriladi. Nafas va
Yurak faoliyatito„xtaganda reanimatsiya choralari ko„riladi, ya‟ni sun‟iy nafas oldiriladi,
Yurakni yopiq massaj qilinadi. Bemor hushiga kelgach unga choy yoki kampot berib, issiq
o„rab qo„yish kerak. Alkogoli ichimliklar va kofe ichirish mumkin emas. Transportirovka
vaqtida ham bemorni kuzatib borish lozim, chunki nafas va Yurak urishi to„xtab qolishi
mumkin.
SHikastlanganlarni erga ko„mish man etiladi, bu nafas olishni qiyinlashtiradi, qon
aylanishi buziladi va yordam ko„rsatish qiyinlashadi.
CHaqmoq ta‟siridan SHikastlanish ham elektr tokidan SHikastlanishni eslatadi va
birinchi yordam ham o„xshash bo„ladi.
CHaqmoq ta‟sirida SHikastlanishning oldini olish uchun jala va chaqmoq paytida
televizor, radioni o„chirish, telefonda gaplashishni to„xtatish, derazalarni berkitish lozim.
Ochiq joyda, yakka darax tyoki utsunlar yonida turish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: