10.6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan
foydalanish samaradorligi
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillar ta’sirida shaklla-
nadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi
(tarmoq
tarkibi, turlar
bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash sa
maradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish
yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ulaming ayrim tarmoqlar
bo‘yicha taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy
qiymatidagi hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida
ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini bel-
gilaydigan tarmoqlaming ulushi oshsa, ulaming tarmoq tarkibining
yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ular har bir turining
kapital umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki
bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqar
ish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab, mehnatning umu
miy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bil-
vosita ta’sir ko'rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar
va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab
chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo'yicha tarkibi kapitalning
umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
Ta’kidlash lozimki, 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamdagi bozor islohotlari, iqtisodiyotni erkinlashtirish va moder-
nizatsiyalash jarayonlari korxonalardagi mavjud asosiy va aylanma
kapitallar qiymatining. o‘sishiga hamda tarkibining o‘zgarib, sifat ji
hatidan takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalni ko‘paytirish manbalari
tuzilmasining tahlili hamon davlat byudjeti mablagiari hissasining
yuqoriligini, -bank kreditlari, chet el investitsiyalari va kreditlari,
byudjetdan tashqari fondlaming hissasi esa pastligini ko‘rsatmoqda.
2011-2015-yillarda tarkibiy o‘zgarishlami, iqtisodiyotning soha va
303
tarmoqlarini diversifikatsiya va modemizatsiya qilishni izchil davom
ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuning
dek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzil-
malami rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratil
gan faol investitsiya siyosati olib boriladi.
Ushbu maqsadlar uchun 2011-2015-yillar ya’ni oxirgi besh yil
mobaynida o‘zlashtirilgan investitsiyalarga qaraganda 2 barobar ko‘p
investitsiyalami yo‘naltirildi. Asosiy kapitalga kiritilayotgan inves-
titsiyalaming yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam
bo'lmasligi tarkibiy o‘zgartirishlami jadal amalga oshirish va iqti
sodiyotni modemizatsiya qilishni ta’minlaydi (10.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |