Imtiyozli aksiya - aksiyadorlik j amiyati dividendi va mol-mul-
kini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruv-
chi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha ho
lat nazarda tutilmagan boisa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin
qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sa
babli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi
uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladi-
gan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdori
ga to‘g‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa
teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan
daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan
taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |