turdagi aksiyadorlik jamiyati - ishtirokchilari o‘zlariga tegish-
li aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va
ularni erkin sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat. Yopiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki
oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi
jamiyat.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga
o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan
dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvoh-
lik beruvchi qimmatli qog‘oz. Bundan tashqari aksiya korxonani
boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyoz-
li turlarini farqlash mumkin. Egasi yozilgan aksiya - aksiyadorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |