Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxo-
nalarda to‘planishi.
Kapitalning to‘planishi - qo‘shimcha qiymatning bir qismini
jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi - bir kapital tomonidan boshqa
birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallaming ak
siyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali
kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki so-
tuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binoba-
rin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukm
ronlik holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |