Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


  Шадыбаев  Т.  и  др.  Особенности  антимонопольной  политики



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

51 

Шадыбаев  Т.  и  др.  Особенности  антимонопольной  политики 

в  Узбекистане:  общие  принципы  и  правовая  база.  -  Экономическое 

обозрение, №2, 2004, с.5.

242


Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyat-

li  o ‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish- 

ni taqozo etdi.  Shunga ko‘ra,  0 ‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi 

tomonidan  1996-yil  27-dekabrda  «Tovar  bozorlarida  monopolistik 

faoliyatni  cheklash  va  raqobat  to‘g‘risida»gi  yangi  qonun  qabul  qi- 

lindi.  Ushbu  qonun  monopolistik  faoliyat  va  g ‘irrom  raqobatning 

oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asosla- 

rini  belgilab  berib,  respublikaning  tovar  bozorlarida  raqobat  muno- 

sabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qa­

ratilgan.  Shuningdek,  qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni 

birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi 

ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomoni­

dan  bozorda  hukmronlik  mavqeini  suiiste’mol  qilishning  oldini 

olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan,  eng asosiy 

muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va 

sogiom  raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur  qonun  monopoliyalaming  amal  qilishini  taqiqlamay, 

balki  bozorda  ulaming  hukmronligi  oqibatida  kelib  chiquvchi  sal- 

biy  holatlaming  oldini  olishga  qaratilgan.  Qonunda  ko‘zda  tutilgan 

taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham 

0 ‘zbekiston  va boshqa  o ‘tish  davri  iqtisodiyoti  mamlakatlari  uchun 

xos bo ig an  monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o‘matilgan.

Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid 

hisoblanadi:

-  xo‘jalik yurituvchi  subyekt tomonidan bozordagi ustunlik hola- 

tining suiste’mol qilinishi (5-modda);

-  xo‘jalik  subyektlarining raqobatni  cheklashga  qaratilgan bitim- 

lari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);

- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining 

raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);

- insofsiz raqobat (8-modda).

Monopoliyaga  qarshi  faol  choralami  amalga  oshirish  uchun 

1992-yilda О ‘zbekistonda monopoliyaga qarshi  organ sifatida Moli­

ya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqar- 

masi  tashkil  etildi.  Boshqarmaga  ro ‘yxatga  kiritilgan  monopoliya

243



mavqeidagi  korxonalar  mahsuloti  bo‘yicha  narxlarni  va  rentabel- 

likni tartibga  solib  turish huquqi berildi.  1996-yilda ushbu boshqar- 

ma  negizida  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Monopoliyadan  chiqarish 

va  raqobatni  rivojlantirish  qo‘mitasi  tashkil  qilindi.  2000-yilda  Res- 

publika  Prezidentining  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Monopoliyadan 

chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasini  tashkil  etish 

to‘g‘risida»gi  Farmoniga  asosan  monopoliyaga  qarshi  organ  Moli­

ya  vazirligi  tarkibidan  chiqarildi  va  mustaqil  davlat  qo‘mitasiga 

aylantirildi.  Keyinchalik  mazkur  qo‘mitaning  faoliyatini  yanada  ta­

komillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga binoan ushbu tashkilot  Mo- 

nopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash 

davlat qo‘mitasiga aylantirildi.52

Respublikada  raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirishda  amalga 

oshirilayotgan  barcha  ishlar  bozor  iqtisodiyotini  tarkib  toptirishga 

xizmat qiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  olib  borilayotgan  monopoliyaga 

qarshi  siyosatning  muhim  yo‘nalishlaridan  biri  -   bu  monopolist  kor- 

xonalaming  tovar  bozoridagi  egallab  turgan  ustunlik  mavqeini 

suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l  qo‘ymaslik bo‘yicha 

nazorat  olib  borishdan  iboratdir.  Aynan  shu  maqsadda  monopolist 

korxonalar  Davlat  reestri  yuritilib,  unga  muayyan  tarmoqda  ustun 

mavqega ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Raqobat  to‘g ‘risida»gi  qonuni 

6-moddasida  «ustun  mavqe»  tushunchasi  quyidagicha  izohlanadi: 

«Ustun  mavqe  tovar. yoki  moliya bozorida  xo‘jalik yurituvchi  sub- 

yektning yoxud  shaxslar  guruhining  raqobatlashuvchi xo‘jalik  yuri­

tuvchi  subyektlarga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  unga  o‘z  faoliyatini 

amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, 

tegishli  bozorga  boshqa  xo‘jalik yurituvchi  subyektlaming  kirishini 

qiyinlashtirish  yoxud  ulaming  iqtisodiy  faoliyat  erkinligini  boshqa- 

cha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish