Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet922/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   918   919   920   921   922   923   924   925   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

25.1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari 

va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi

Hozirgi  zamon jahon  xo‘jaligi  rivojining  muhim  tamoyili  milliy 

xo‘jaliklaming  baynalminallashuvi,  shu  asosda  jahon  xo‘jaligi  va 

aw alo  jahon  bozorining  shakllanishi  va  rivojlanishidan  iborat.  In- 

soniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo‘lgan bu jarayonga yetmish yildan 

ortiq  davr  davomida  dunyoning  ikki  qarama-qarshi  ijtimoiy-siyosiy 

tizimiga bo‘linganligi  salbiy ta’sir ko‘rsatib  keldi.  Hozir yangi  davr 

boshlandi,  dunyoning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  shunga  mos  ravishda 

0 ‘zbekiston  bilan jahon  hamjamiyati  mamlakatlari  o ‘rtasidagi  alo- 

qalaming  butunlay  yangi  imkoniyatlari  vujudga  keldi.  0 ‘zbekiston 

va jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama aloqa- 

laming kengayishi  va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun  iqtisodiy 

va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi.  Shu bilan birga, har bir mam-

684



lakat  iqtisodiyotining  rivojlanishi,  uning  milliy  xo‘jaligi  ko‘p  dara- 

jada nafaqat bu mamlakatning ichki  imkoniyatlari bilan, balki uning 

xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, 

butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.

Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga 

xos xususiyatlaridan biri -  turli mamlakatlar va mintaqalar xo ‘ jaliklari 

o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi.

Jahon  xo‘jaligi  birdaniga  shakllangan  tizim  emas,  u  uzoq  davr- 

ni  o ‘z  ichiga  olgan  tarixiy  jarayon  hisoblanadi.  Turli  mamlakatlar 

o ‘rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar  dastlab  cheklangan  turdagi  va  miq- 

dordagi  tovarlar  savdosi  shaklida  kelib  chiqib,  bu  quldorlik  va  feo- 

dalizm davrlarida ham mavjud bo‘lgan. Bunga misol qilib, qadimdan 

0 ‘rta  Osiyoda joylashgan  mamlakatlaming  Hidniston,  Xitoy,  Arab 

va boshqa mamlakatlar bilan, ikkinchi tomondan esa, Yevropa mam- 

lakatlari bilan  “Buyuk  ipak yo‘li”  orqali  olib borgan turli  xil  savdo- 

sotiq ishlarini ko‘rsatish mumkin.

Ayrim m a’lumotlarga  qaraganda  Rim  imperiyasi  davrlarida ham 

turli xil xalqaro savdolar, ayniqsa, qul savdosi amalga oshirilgan. Le- 

kin  u  davrda asosan natural  ishlab  chiqarish  hukmron bo‘lib,  tovar­

lar  savdosi  va  iqtisodiy  aloqalar  juda  cheklangan  holda  bo‘lgan. 

Keyinchalik  tovar  ishlab  chiqarish  va  tovar-pul  munosabatlarining 

rivojlanishi,  oltinning  yagona jahon  puli  sifatida tan  olinishi  buyuk 

geografik  kashfiyotlar,  mustamlakachilikning  rivojlanishi,  xalqaro 

mehnat taqsimotining kuchayishi jahon bozorining paydo bo‘lishi va 

rivojlanishi  ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashuvi,  globallashuv 

jarayonlarining kuchayishi kabi  qai.or omillar turli  mamlakatlar iqti- 

sodiyotini  bir-biri  bilan bog‘liq  holda  rivojlanishga va  asta-sekinlik 

bilan jahon iqtisodiyoti tizimiga birlashishiga turtki bo‘ldi.

Ayniqsa,  hozirgi  davrda  umumjahon  muammolari:  sovuq  urush- 

ning  oldini  olish  va  tinchlikni  ta’minlash;  ekologik  buzilishning 

oldini  olish;  cheklangan energiya va yoqilg‘i manbalaridan  samarali 

foydalanish;  energiyaning  yangi  manbalarini  topish  (masalan,  qu- 

yosh  energiyasidan foydalanish);  rivojlangan va kam  taraqqiy  etgan 

mamlakatlar o‘rtasidagi  ziddiyat va keskinlikni  yumshatish;  xalqaro 

terrorizmga  va  giyohvandlikka  qarshi  kurashish  kabi  muammolami

685



birgalikda  hal  qilish  masalasi  milliy  xo‘jaliklami jahon  xo‘jaligiga 

birlashishni zarur qilib qo‘ymoqda.  Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik 

bilan shakllanishini, uning rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda 

yanada ravshanroq ko‘rinadi.

Bu  masalada  ham  iqtisodiy  adabiyotlarda  turlicha  yondashuv- 

lar  mavjud.  Ulaming  ayrimlarida  jahon  xo‘jaligining  rivojlanishi- 

ni  5  bosqich  deb,  ayrimlarida  esa  4  bosqich  deb  beriladi.  Masalan, 

E.  F.  Borisov jahon xo‘jaligi  shakllanishining to‘rtta bosqichini ajra- 

tib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlami bayon qilamiz.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   918   919   920   921   922   923   924   925   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish