Rasmning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik
chiziglda esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foiz
dagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlaming mutlaq
teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) OE
chiziqda ifodalangan boiib, u oilalaming har qanday tegishli foizi
daromadlaming mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholi
ning 20 foizi barcha daromadlaming 20 foizini, aholining 40 foizi da
romadlaming 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlaming 60 foizini
olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i daromadlaming taqsim-
lanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. Shuningdek, nazariy jihatdan
mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda aholining
ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech qanday da
romadga ega bo‘lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega
bo‘ladi. Rasmdagi 0FE siniq chizig‘i mutlaq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud
bo‘lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlaming
taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens
egri chizigi deb nomlanuvchi 0E egri chizigi orqali kuzatish mumkin.
Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziq-
dan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlaming juda
oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi guruhlarga
to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta
qismi (deyarli 60 foiz) aholining so‘nggi 20 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu
guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni
dastlabki 10 foiz taxminan 20 foiz daromadga ega boisa, keyingi 10
foizga daromadning deyarli 40 foizi to‘g‘ri keladi va h.k.
Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizigi o‘rtasidagi
tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik
katta boisa, ya’ni Lorens egri chizigi 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda
joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta boiadi.
Agar daromadlaming haqiqiy taqsimlanishi mutlaq teng boisa, bunda Lo
rens egri chizigi va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib, farq yo‘qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qollaniladigan
ko‘rsatkichlaridan biri ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko'rsatkich
10 foiz eng yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10 foiz
668
eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifo
dalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:Iga,
Shvetsiyada esa 5,5: lga teng.
“0 ‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab
jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida
e’tibor berilayotgani, sodda qilib aytganda, o‘ta boylar ham, o‘ta
kambag‘allar ham bo‘lmasin, degan tamoyilga amal qilib kelinayo-
tgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.
Yurtimizdagi 10 foiz ta’minlangan va 10 foiz yetarlicha ta’minlan-
magan aholi daromadlari o‘rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffisenti» deb
nom olgan ko‘rsatkich barqaror pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu
raqam 2010-yildagi 8,5 foiz o‘miga 2015-yilda 7,7 foizni tashkil etdi”183.
Do'stlaringiz bilan baham: