b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodi
yotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, in-
flyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar
va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan
cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasi
ning pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag‘batlantiradi;
v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil
qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish
choralarini ko‘radi. Ulami zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan
ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |