3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshirila
di. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgi
lari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari,
veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga
oshiriladi. Bulaming hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori muay
yan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan
tovarlar
summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi
kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya
hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz
pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar
narxlarining o‘sishida ifodalanadi.
6. Kelib chiqish sabablanga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyat
siyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud
resurslar to‘liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiq
cha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsi
yasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar
ning ko‘payishi hisobiga narxlaming oshishi natijasida kelib chiqadi.
Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi,
jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayot-
gan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
7. Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida
to‘plash va ulami pulga muhtoj boMib turgan huquqiy va jismoniy
shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum mud-
datga, foiz to‘lovlari bilan qaytarisn shartida qarzga berish munosa-
batlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalaming amorti
zatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; kor
xonalaming ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari,
moddiy rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byud
jet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilot-
laming joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan iborat.
8. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ulaming ha-
rakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
637
Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning
har xil shakllarini
o‘z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar
tizimi odatda ikki bosqichli boiib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank
va tijorat (depozitli) banklaming tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: