Xulosalar
1. Milliy iqtisodiyotda YalMning asosiy qismi yangidan vujudga
keltirilgan mahsulot, uning sotilgandan keyingi puldagi ifodasi milliy
daromad iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida sarflanadi.
2. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish
jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni
bildirib, unumli va shaxsiy iste’molga ajraladi.
3. Jamg‘arma - bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromad-
larining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish
maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi uy xo‘jaliklari daromadi-
dan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
4. Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi
omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyila
di. Bu funksiyalami bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschi-
laming nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilaming fikriga
ko‘ra, jamg‘arma banklaming real foiz stavkasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, ulaming qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi. J.M.Keyns klas
sik iqtisodchilaming bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining
iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishi
lar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan af-
zalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi.
5. Iste’molchilaming daromadlari o‘sib borgan sari ulaming
jamg‘arishga bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
6. Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar
shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab
turganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadi
gan xarajatlami ifodalaydi.
7. Jamg‘arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil
etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan
465
omillar jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan
asosiysi qoilaniladigan resurslar massasi va ulaming unumdorligidir.
8. Investitsiyalar - asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ish
lab chiqarish quwatlarini kengaytirishgapul shaklidagi qo‘yilmadir. U
pul mablagiari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar
ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablagiari ko‘rinishidagi inves
titsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablagiariga sotib olish
mumkin boigan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
9. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab
beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz
stavkasi.
10. Statistik maiumotlar dinamikasi nushdan dalolat beradiki,
mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi yil-
dan-yilga о‘sib borish tendensiyasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |