11.8-rasm. Yalpi foydaning taqsimlanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, eng awalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy
subyektlarga turli toiovlar amalga oshiriladi. Bu toiovlarga boshqa-
laming yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga
olingan pul mablagiari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin.
Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organ-
lari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga
mablagiar kiritadilar. Mablag‘laming qolgan qismi korxona sof foy-
dasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehti
yoj lariga, shuningdek, jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga,
atrof-muhit muhofazasi, xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash va
boshqa maqsadlarga sarflanadi.
334
Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasini o‘zaro farqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |