3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi.
Soliqlaming aksari-
yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli
soliqlaming oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni
qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to ‘lovlarining oshishi
uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab
chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya - davlat tomonidan
aholi yoki korxonalarga o ‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad-
lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu
amalda xarajatlami kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |