5-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA
AMAL QILISHI
Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlari-
ning rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul mu
nosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab
olganligi, asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi
bayon etildi. Ushbu bobda bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning
asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida
o‘rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari,
uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin berilgan. Shuning
dek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari
hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: