Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


  Shodmonov  Sh.  Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishda pulning yangi mazmuni va



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

25  Shodmonov  Sh.  Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishda pulning yangi mazmuni va 

roli.  Bozor, pul va kredit. Maxsus nashr, 2001,  9-b.

26  Karimov I.A.  0 ‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlami  chuqurlashtirish yo'lida. 

-Т .:  0 ‘zbekiston,  1995, 217-b.

136


respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, dastlabki  yil- 

larda  sobiq  Ittifoq  pul  birligi  -   rubl  hududida  amal  qilish  obyektiv 

zarurat sifatida tan olindi. Zero, ittifoqdosh respublikalaming siyosiy 

jihatdan  mustaqillikka  erishishlariga  qaramay,  ular  iqtisodiyotining 

birdaniga,  zudlik bilan rubl hududidan ajralib  chiqishlari uchun iqti­

sodiy shart-sharoitlar mavjud emas edi. Bunday holat yagona pul ma- 

koni doirasida yuqori darajada muvofiqlashtirilgan iqtisodiy, birinchi 

navbatda, pul-kredit siyosatining amalga oshirilishini taqozo etar edi. 

Shunga  ko‘ra,  dastlabki  pallada  Rossiya  Federatsiyasi  Markaziy 

banki pul emissiyasi bo‘yicha monopolistik huquqni amalga oshirib, 

rubl amal qilgan barcha mamlakatlaming hududida pul barqarorligini 

ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish mas’uliyatini zimma- 

siga  oldi.  Biroq,  bozor munosabatlarining  shakllanishi  bilan  bog‘liq 

holda narxlami  erkinlashtirish jarayonlari respublikalararo  savdo ja ­

rayonlarida  nomutanosibliklami  keltirib  chiqara  boshladi.  Respub- 

likalar  savdo  balanslari  taqchilligini  eksport  narxlarini  o ‘zgartirish, 

kredit emissiyasi hisobiga moliyalashtirishga majbur edilar.  Bundan 

tashqari,  davlat  korxonalarini  keng  miqyosli  subsidiyalash bo‘yicha 

tadbirlar  ahamiyatli  darajada  Rossiya  Davlat  bankining  imtiyozli 

kreditlari  hisobiga  moliyalashtirilar  edi.  Ko‘rsatib  o ‘tilgan  omillar 

natijasida rubl hududidagi pul-kredit nazoratining bo‘shashib ketishi 

inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi.

0 ‘zbekistonning o ‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi zarurli- 

gi  1993-yilda  dastlab  Rossiyaning,  keyinchalik  MDH  boshqa  qator 

mamlakatlarining  o ‘z  milliy  valyutasini  muomalaga  kiritishi  bilan 

yanada kuchaydi.  Chunki,  0 ‘zbekistonga boshqa respubliklar hudu­

dida amal qilish huquqini yo‘qotgan eski rubl pul birliklari oqib kela 

boshladi. Qolaversa, rubl hududida 0 ‘zbekiston Respublikasi Marka­

ziy banki mustaqil ravishda mamlakatdagi pul-kredit sohasining rivoj- 

lanishini to ‘liq nazorat qila olmas edi.  0 ‘zbekiston rubl hududidagi 

bunday ahvol natijasida juda mushkul va zararli holatga tushib qolgan 

edi.  Chunki boshqa davlatlar to‘lov va hisob-kitoblarida foydalanili- 

shi to‘xtatilgan 1961-1992-yillar namunasidagi qadrsizlangan rubllar 

evaziga 0 ‘zbekistondan turli mahsulotlar olib  chiqib ketila boshladi. 

0 ‘zbekistonga boshqa davlatlarda o ‘z kuchini yo‘qotgan sovet pullari 

oqib  kelishining  oldini  olish hamda respublika  iste’mol  bozorini  hi-




moya qilish maqsadida О ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1993-yil 5-mayda «Pul muomalasini tartibga solish hamda respublika 

iste’mol  bozorini  himoyalashni  kuchaytirish  to‘g‘risida»gi  qaromi 

qabul  qildi.  Ushbu  qarorga  binoan  aholi  tomonidan  tovarlami  xarid 

qilish  va  depozit  operatsiyalarini  amalga  oshirishda  pasport  hamda 

kupon tizimi tatbiq etildi. Xususan, qarorda:  1993-yilning 10-mayidan 

boshlab omonatlarga pullaming qo‘yi!ishi faqat 0 ‘zbekiston Respub­

likasi fuqarolari tomonidan pasport asosida amalga oshirilishi; 25 ming 

rublgacha bo‘lgan qiymatdagi  tovarlami -  cheklar,  chek daftarchalari 

yoki omonatchilaming topshirig‘i bo‘yicha ulaming bank muassasala- 

ridagi shaxsiy hisob raqamlaridan naqd pulsiz o‘tkazish orqali sotilishi; 

cheklar va chek daftarchalarini faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaro- 

lariga berish va boshqa chora-tadbirlar belgilab berildi.

0 ‘zbekistonning  о ‘z  milliy  valyutasini  muomalaga  kiritish  ikki 

bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich  1993-yilning noyabr oyi- 

dan  1994-yilning  iyunigacha  bo‘lgan  davmi,  ikkinchi  bosqich  esa

1994-yilning iyun-iyul oylarini o ‘z ichiga oldi.

Pul islohotini o‘tkazishda mamlakatimiz hukumati tomonidan aho- 

lini ijtimoiy himoya qilish, uning daromadlarining yo‘qotilishiga yo‘l 

qo‘ymaslik tamoyiliga katta e’tibor qaratildi.  Shunga ko‘ra, muoma- 

ladagi eski pul birliklarining amal qilishini to‘xtatish ham sekin-asta, 

bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan:

- 1993-yilning 15-noyabridan boshlab 1992-yilnamunasidagi5000 

va  10000 rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;

-  1993-yilning  1-dekabridan  boshlab  SSSR  Davlat  bankining 

1961-1992-yillardagi. 200,  500 va  1000 mbl qiymatidagi pullarining 

barcha ko‘rinishdagi to‘lovIar sifatida qabul qilinishi to ‘xtatildi;

-  1993-yilning 15-dekabridan boshlab 50 i 100 mbl qiymatdagi pul 

belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;

-  1994-yilning  1-yanvaridan boshlab  1, 3, 5,10 va 25 mbl qiymat­

dagi pul belgilari muomaladan chiqarildi;

- 1994-yilning 15-aprelidan boshlab О‘zbekistonning barcha hudu- 

dida Rossiya Banki banknotlarining muomalada bo‘lishi to‘xtatildi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

1993- 

yil  30-noyabrdagi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  «so‘m-



138


kupon»ning  muomalada  bo‘lish  tartibini  yanada  takomillashtirish 

bo‘yicha  chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi  qarorida  1993-yilning  6-dek- 

abridan boshlab  1, 3,  5,  10, 25, 50,  100, 200, 500,  1000, 5000,  10000 

so‘m qiymatidagi «so‘m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy 

to‘lov vositasi sifatida tan olindi.

0 ‘zbekistonda  milliy  valyutani  joriy  etishda  dastlab  «so‘m- 

kupon»ning  muomalaga  kiritilishi  quyidagilarga  imkon  yaratdi:  bi- 

rinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomon­

larini optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha 

real  omillami  to ‘la aniqlash va hisobga  olish;  ikkinchidan,  mustaqil 

moliya-kredit  va  narx  siyosatini  yuritish  bo‘yicha  muayyan  tajriba 

orttirish;  uchinchidan,  milliy  pul  birligini joriy  etish  strategiyasi  va 

mexanizmini  o ‘rganish,  inflyatsiya jarayoniga  qarshi  kurash  tadbir- 

lari ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexa­

nizmini yo‘lga qo‘yish va hokazo.

0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

122-moddasi 

hamda  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari 

to‘g‘risida»gi  Qonunning  111-moddasiga,  shuningdek,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Kengashining  1993-yil  3-sentyabrdagi  952-XII 

sonli qaroriga muvofiq,  1994-yilning  1-iyulidan boshlab 0 ‘zbekiston 

Respublikasi hududida milliy valyuta -  «so‘m» muomalaga kiritildi. 

Milliy valyutaning joriy etilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Marka- 

ziy  bankining  kassa  ishini  tashkil  etish  to‘g ‘risida,  miliy  valyutani 

muomalaga chiqarish va hisobga olish tartibi to‘ g‘risidagi ko‘rsatmasi, 

shuningdek,  qimmatliklami  qayta baholash hamda yuridik  shaxslar- 

ning  buxgalteriya hisobi  va  hisobotiga  o ‘zgartirishlar kiritish tartibi 

ishlab  chiqildi.  Bank  muassasalari  tomonidan  1994-yilning  1-iyuli 

holati bo‘yicha yuridik shaxslaming hisob va joriy raqamlaridagi bar­

cha pul mablag‘larini va boshqa qimmatliklami  inventarizatsiya qil­

ish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida  1000 so‘m-kuponni  1 

so‘m nisbatida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.

Tovar-pul  munosabatlarining  samarali  amal  qilishi  ко‘p jihatdan 

milliy  valyutaning  barqarorligiga  ham  bog‘liq.  Bu  borada  mam­

lakatimiz  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov:  «Bugungi  eng  muhim 

vazifa  -   valyutamizni  baquw at,  dunyoda  obro‘li  valyutaga  aylan-

139



tirishdir.  U  yuksak  qiymatga  va  katta  kuchga  ega  bo‘lishi  lozim. 

So‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish -  umummilliy 

vazifa»27,  deya  ta’kidlab,  bunga  erishish  uchun  aniq  vazifalami  hal 

etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to ‘plamini ko‘rsatib berdi 



(4.3-jadval).


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish