Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Hozirgi zamon  bozor  iqtisodiyoti



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Hozirgi zamon  bozor  iqtisodiyoti. 

Hozirgi  davrda  real  hayotda 

bozor iqtisodiyoti  sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurla- 

rini  mujassamlashtiradi.  Mulkchilikning har xil  shakllari,  tadbirkor-



90


likning  turli  yo‘nalishlari  mavjud bo‘ladi,  unda  rejalashtirish,  prog- 

nozlash,  aholini  ijtimoiy  himoyalash  kuchayadi.  Masalan,  AQSH 

iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilar- 

li farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:

birinchidan,  mulkning bir  qismi  davlat  qo‘lida bo‘lib,  u  iqtisodi- 

yotda  faol  rol  o ‘ynaydi.  Bu  iqtisodiyotning  barqarorligi  va  o‘sishi 

uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqar- 

maydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xiz­

matlar bilan ta’minlashda,  daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda 

va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;

ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida 

yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudrat- 

li iqtisodiy tashkilotlar mavjud.

Bu  yerda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  xususiy  mulkchilik va 

bozor tizimiga suyanish,  ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashti­

rish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi  mumkin.  Masalan, 

sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, 

chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodi-yoti qat- 

tiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, 

bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiy­

otida  resurslarga  ijtimoiy  mulkchilik  xos  bo‘lgan  va  bir  vaqtda  iqti­

sodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib 

borilgan.  Shvetsiya  iqtisodiyotida  ham  90%  dan  ortiq  xo‘jalik  faoli- 

yati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqaror- 

likni  ta’minlash  va daromadlami  qayta taqsimlashda  faol  qatnashadi. 

Hozirgi  vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan 

holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi  saqlanib  qolgan 

holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va 

tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish