Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy muno
sabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro
kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluv-
chilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashki-
lotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast
kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing - bu kreditning pulsiz shakli boiib, odatda ishlab chiqa
rish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foy-
dalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toiab borib,
sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.
Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10-yilga qadar tuzilishi mumkin.
Odatda ishlab chiqarish vositalarini ulaming egalari bevosita emas,
balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |