borishi iqtisodiy munosabatlaming ham o‘zgarishiga ya’ni birin-
chisining rivojlanish darajasiga moslashishiga olib keladi. Iqtisodiy
munosabatlar ham o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga
ta’sir ko‘rsatadi. Agar u mos kelsa ijobiy, mos kelmasa salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot ko‘p qirrali boiganligi uchun u ko‘pgina
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Ulaming asosiylari:
1. Ishlab chiqaruvchi kuchlaming (mehnat predmetlari, mehnat
qurollari, ishchi kuchi) rivojlanish darajasi mehnatning energiya
yangi texnika va texnologiya bilan qurollanish darajalari bilan belgi
lanadi. Bu ko‘rsatkichlaming qanchalik rivojlanganligi ishlab chiqa
rish omillari: mehnat, kapital, yer unumdorligi ko‘rsatkichlarining
o‘sishida o‘z ifodasini topadi;
2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini modernizatsiyalash,
tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash jarayonlarining borishi;
3. Fan texnika va texnologiyalar taraqqiyoti, ulardan unumli foy
dalanish va mamlakat iqtisodiy quwatining yuksalishi;
4. Iqtisodiy munosabatlaming rivojlanib, shu davrdagi ishlab
chiqamvchi kuchlar rivojlanish darajasi va sifatiga mos kelishi va ular
rivojlanishini rag‘batlantirish darajasi. (Bunda mulkchilik ayirbosh
lash, taqsimot, iste’mol munosabatlarining rivojlanganlik darajasi);
5. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari: YalM va milliy daromad hajmi
ning alohida olingan yillar bo‘yicha o‘sishi va aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi;
6. Iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanib ortiqcha
(talabdan oshiq) ishlab chiqarish, behuda sarf harajatlaming, oxir oqi-
batda inqirozlaming oldini olish darajasiga;
7. Inson hayoti farovonligining miqdor va sifat jihatdan o‘sish da
rajalari;
8. Kapital, jamg‘arish va investitsiyalaming o‘sishi;
9. Qo‘shimcha mahsulot miqdorining ko‘payib borishi.
Shuni ta’kidlash joizki, qo‘shimcha mahsulot ko‘rsatkichi ham
ma bosqichlarda taraqqiyotning natijasi, uning mezoni va keyingi
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining manbai boiib xizmat qiladi. Lekin
iqtisodiy adabiyotlarda bu haqda juda kam to‘xtaladi yoki umuman
470
to‘xtalmaydi. Chunki u hozirgi davrdagi statistik ma’lumotlarda, bux
galteriya hisobotlarida aniqlanmaydi va binobarin ko‘rsatilmaydi. Le
kin uning miqdorini ikki yo‘l bilan: qo‘shimcha mahsulotning modi-
fikatsiyalashgan shakllari bo‘lib, real iqtisodiy hayotda hammamiz
biladigan: a) foyda, foiz renta, soliq miqdorlarini qo‘shish yo‘li bilan;
b) Yaratilgan sof ichki mahsulotdan zaruriy mahsulotni (ish haqi va
ijtimoiy fondlami) ajratib tashlash yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot uzoq muddat davomida unda sodir bo ‘ layotgan
hamma o‘zgarishlami, raqamlar bilan ifodalab bo ‘ lmay digan j ihatlar-
ni ham qamrab oladi. Iqtisodiy taraqqiyot ikki yo‘l bilan, revolyusion
va evolyusion yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Revolyusion yo‘l birdaniga katta to‘ntarishlar, keskin burilishlar
yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu yo‘l xatarli bo‘lib,
ko‘plab ijtimoiy to‘qnashuvlarga, talofatlarga, yo‘qotishlarga, ishsi-
zlik, inflyatsiya darajalarining oshib ketishi kabi noxush hodisalarga
olib kelishi mumkin. Shuning uchun bizning mamlakatimizda iqtisodiy
taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan evolyutsion yo‘li tanlandi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganlaridek, -
“Tadrijiy rivojlanish - bu evolyusion yo‘l degani. Biz buni bosqich
ma-bosqich, qadamba-qadam rivojlanish deymiz”115
Iqtisodiy taraqqiyot juda ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, turli xil
yo‘nalishlarda va shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ulardan
asosiylari:
1. Markazdan turib rejalashtirish va taqsimlash asosida boshqaril-
adigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan yo‘I;
2. Jahonning ko‘pchilik mamlakkatlarida amalga oshirilib rivoj
lanish yo‘lini ochib berayotgan bozor iqtisodiyoti yo‘li.
0 ‘zbekiston mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimovning
bevosita tashabbusi va rahbarligida puxta o‘ylab ishlab chiqilgan bo
zor iqtisodiyotiga asoslangan bosqichma-bosqich, lekin izchil amalga
Do'stlaringiz bilan baham: