o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi.
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik - daromad hajmining
o‘zgarishi natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
Iqtisodiy j amg‘ arish - milliy daromadning bir qismining asosiy va
aylanma kapitallami, shuningdek, ehtiyot va zaxiralami ko‘paytirish
uchun sarflanib borishi.
Jamg‘arish normasi - jamg‘arish summasining milliy daromad-
ga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya - ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi
qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi - milliy daromad (foyda)ning
o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi
ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: