ne’matlar (hamda xizmatlar) ulami ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy
mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka
ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafli-
liklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovami ishlab chiqa
rishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari
fikrlariga ko‘ra, faqat tovaming nafliligi uning qiymatiga va binoba-
rin, narxiga asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri
kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish
muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita tovaming
nafliligini shunchaki umumiy tarzda o ‘zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish
zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni
ne’matlaming kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati;
b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyek-
tiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur
ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik
darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o ‘rmonda
yashovchi chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir
bo‘lgan psixologik xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi
donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qop-
dagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshi-
lash uchun, uchinchisi - uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi - pivo
tayyorlash, beshinchisi - cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qush-
lami boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshin-
chi qopniig nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar
bu qopdagi dondan mahmm bo‘Isa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish
imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning
yo‘q boiishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi
mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning
nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan
tenglashadi. Shu o ‘rinda turli qoplardagi donlaming nafliligi turlicha
ekan, ulaming qaysi biri donlaming umumiy naflilik darajasini aniqlab
beradi, degan savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlaming bir-biri-
126
dan farqi yo‘q ekan, chol uchun ulaming nafliligi beshinchi, so‘nggi
qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning
so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo‘lmagan ehtiyojni
qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo‘linishlarga olib
kelgan bu ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa,
ulaming hammasi tovarda gavdalangan mehnatning ikki tomonlama
tavsifini, undan kelib chiquvchi tovaming ikki xil xususiyati (nafli
ligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yon-
dashuvdan kelib chiqqanligi m a’lum bo‘ladi (4.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: