Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri
boiib
tarmoqlara
ro balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy
asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli
Rossiyalik boigan AQSH iqtisodchi olimi V. Leontev tomonidan
«xarajatlar - natijalar»
modeli sifatida takomillashtirilgan holda
ishlab chiqildi.
V. Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar - natijalar» usulida eng
awalo e’tibomi iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoq
lar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar orqali o‘matiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi
kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari
joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish,
davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot
ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiy
mat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin ol-
gan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash
ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari
bo‘ylab xarajatlami, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini
tashkil etuvchi unsurlami, satrlar bo‘yicha esa - milliy iqtisodiyot har
bir tarmogi mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab
yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro
bogiiq tarmoqlaming miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi.
Bu esa qandaydir tovarga boigan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish
texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar
tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlaming ham o'zgarishiga
olib kelishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol dara-
jadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga mu
vofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asming 70-yillarida asos
solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti
va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli mod-
dalaming chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshqa
shu kabi ko‘plab salbiy holatlami keltirib chiqarishi mumkin. Aholi
sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslari-
482
ning kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa, tabiiy resurslam-
ing kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini chek-
lab qo'yadi. Buning oqibatida ocharchilik, ekologiyaning buzilishi,
resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab
chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, «nol dara
jadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni
maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur,
deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmi
ning ko'payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning
o'/.ida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini
(a’kidlaydilar. C)‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy
o'sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar
va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan
yuqori darajadagi o'sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlam-
larini qo'llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar.
Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay,
u labiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining
noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolami
hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar
yoki maxsus soliqlami kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakl
lantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: