Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


  Karimov  I.  A.  Mamlakatni  modemizatsiya  qilish  va  iqtisodiyotimizni



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet688/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   684   685   686   687   688   689   690   691   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

116 

Karimov  I.  A.  Mamlakatni  modemizatsiya  qilish  va  iqtisodiyotimizni

 

barqaror rivojlantirish yoiida. -  Т.: “0 ‘zbekiston”, 2008. 3-55 betlar.



472


ning haddan tashqari pasayib ketgani,  1990-yilda sobiq Ittifoqda ish­

lab  chiqarila-digan paxta tolasining 62,4  foizi 0 ‘zbekiston hissasiga 

to‘g‘ri kelib,  mamlakatimizda uning atigi  7  foizi  qayta ishlanar edi. 

Shu davrda 0 ‘zbekistonda ekiladigan paxta maydonlari umumiy ekin 

maydoni-ning  75  foizidan  ko‘prog‘ini  tashkil  yetishi  kabi  holatlar 

keng va batafsil ko‘rsatilgan edi. Bular hammasi zudlik bilan iqtisodiy 

islohotlami  amalga  oshirish  hamda  iqtisodiyotni  tubdan  o‘zgartirib, 

taraqqiyot yo‘liga tushirib yuborish zararligini taqozo qilar edi.

Mana  shu  sharoitlardan  kelib  chiqib  mamlakatda  tub  iqtisodiy 

islohotlami  amalga  oshirish  boshlandi.  Dastlabki  yillardayoq  bozor 

iqtisodiyotining asoslari yaratildi, bozor infratuzilmasini tashkil etish 

va  raqobat  muhitini  shakllantirish  orqali  bozor  munosabatlarining 

mexanizmi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda xususiy mulkchilik tiklanib, uning rivoji ustuvor 

ahamiyat kasb  etdi.  Xususiy mulk konstitutsiyaviy asosda ishonchli 

kafolatga ega boidi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari savdo va xizmat ko‘rsatish soha­

si korxonalarining butunlay davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiy- 

lashtirilishi  natijasida  mamlakatimizda  amalda  ko‘p  shaklli  mulk 

va  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  shakllandi,  mulkdorlar  va  tadbirkorlar- 

ning yangi  smfi paydo boidi. Ayni paytda biz uchun mutlaqo yangi 

bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya, bank, 

soliq  va  sug‘urta  tizimlarini  shakllantirish  hamda  o‘z  milliy  valyu- 

tamizni muomalaga kiritish ham ulkan ahamiyat kasb etdi.

Bu  davrda  amalga  oshirilgan  islohotlar  diqqat-e’tibori  mam­

lakatimiz aholisining farovonligi,  e^g avvalo uning oziq-ovqat mah- 

sulotlariga boigan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Qishloq 

xo‘jaligida paxta yakkaxokimligiga barham berilib,  ekin maydonla- 

rining  katta  qismi  don  mahsulotlariga  ajratildi.  Natijada  ozuqabop 

g‘alla  importiga  qaramlik  barham  topib,  tez  orada  g‘alla  mustaqil- 

ligi qaror topdi. Shuningdek, chuqur tarkibiy o‘zgarishlaming amalga 

oshirilishi  natijasida  respublikaning  yonilgi-energetika  resurslariga 

boigan ehtiyoji o‘zi hisobidan to ia  ta’minlandi.  Mustaqillik yillari­

da erishilgan ulkan iqtisodiy taraqqiyotimiz birinchi Prezidentimiz I. 

Karimovning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilli-

473



giga  bag‘ishlab  o‘tkazilgan  yig‘ilishdagi  ma’ruzasida  batafsil  yori- 

tilgan.  Unda  ko‘rsatilganidek,  istiqlol  davrida  iqtisodiyotda  yangi 

tarmoqlar -  avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar 

tayyorlaydigan  sohalar,  neft va  gazni  qayta  ishlaydigan,  zamonaviy 

televizor va kompyutyerlar ishlab chiqaradigan, selyuloza-qog‘ozlar, 

qand-shakar,  farmatsevtika va boshqa yangi-yangi tarmoqlarga asos 

solindi.  Respublika  sanoatida  yuksak  texnologiyaga  asoslangan  va 

istiqbolli  tarmoqlaming,  ya’ni  mashinasozlik,  yoqilg‘i-energetika, 

kimyo  va yengil  sanoat kabilaming  hissasi  ortib bordi.  0 ‘zbekiston 

iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini  o‘zgartirishda yangi neft konlari, 

Mingbuloq  va  Ko‘kdumaloq  konlarining  ishga  tushirilishi,  Buxoro 

neftni  qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimar- 

jon  GRESlari  qurilishining jadallashtirilishi,  metall  ishlab  chiqarili- 

shining  ko‘paytirilishi  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Shuningdek, 

oziq-ovqat,  yengil  sanoat,  kimyo,  qurilish  materiallari  sanoati  va 

boshqa tarmoqlar to‘liq modemizatsiya qilindi  va ularda dunyo bo­

zorida raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda.

Mamlakatimiz  birinchi  Prezidenti  tomonidan  puxta  o‘ylab  ish­

lab  chiqilgan  iqtisodiy  taraqqiyotning  “0 ‘zbek  modeli”ning  to‘g‘ri 

ekani va xalqimizning  manfaatlariga to‘liq javob  berayotganini  ke­

yingi yillarda iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sib, rivojlanib 

borayotgani  misolida  ko‘rish  mumkin.  0 ‘zbekistonda  1996-yildan 

boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003-yil- 

larda o‘rtacha 4 foizdan, 2004-2006-yillarda 7 foizdan yuqori o‘sish 

suratiga ega.

Jahon  miqyosida  dayom  etayotgan  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz- 

ning jiddiy  ta’siriga  qaramasdan,  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsu­

lotining yillik o‘sishi barqaror davom etib, 2007-2015-yillarda 8  foiz 

va undan ortiqroq, 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 7,8 foizni tashkil etdi.

Eng  muhimi,  mamlakatimizdagi  yalpi  ichki  mahsulotning  yuqo­

ri  sur’atlar  bilan  o‘sishi  an’anaviy  xomashyo  tarmoqlari  hisobidan 

emas,  jahon  bozoridagi  qulay  kon’yunktura  va  ayrim  xomashyo 

turlari  hamda  materiallar  narxining  yuqoriligi  hisobidan  emas,  bal­

ki  birinchi  navbatda  raqobatga  bardoshli  tayyor mahsulotlar  ishlab 

chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivoj-

474



lantirishni  belgilab  beradigan jiddiy  tarkibiy  o‘zgarishlar  va  ishlab 

chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.

Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishilib, u yildan- 

yilga tobora mustahkamlanib borayotgani, mustaqil taraqqiyot davri­

da  0 ‘zbekiston  iqtisodiyotining  4,1  barobar  o‘sganligi  orqali  ham 

namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti tarki­

bida sanoatning ulushi  1990-yildagi 14,2 foiz o‘miga 2015-yilda 24,3 

foizni tashkil etdi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi 34 foizdan 

16,7 foizga kamaydi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   684   685   686   687   688   689   690   691   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish