Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

ishlab  chiqarish  vositalari 

(sta- 


nok,  mashina,  asbob-uskuna,  transport vositalari,  xomashyo va turli 

materiallar)  yaratilsa,  ikkinchi  bo‘linmada  esa 



iste’mol  buyumlari

 

ishlab chiqariladi.



Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- 

ning o ‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab 

chiqarish  vositasi  sifatida  ishlatilishi  mumkin,  ikkinchi  bo‘linmada

50



yaratilgan  tovarlar  va  nomoddiy  soha  xizmatlari  o ‘z  navbatida  bi- 

rinchi bo‘linma uchun zarurdir.  Shuning uchun ular o‘rtasida doimo 

tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.

Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har 

qanday mahsulot,  shu jumladan,  bozor sharoitidagi  yoki unga  o‘tish 

davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega:  iste’mol qiy- 

matiga,  ya’ni  ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli  va 

buyumlashgan  mehnat  sarfining  ma’lum  miqdorini  o ‘zida  mujas- 

samlashtiradi.  Bu  tovaming  o‘zaro  bog‘liq  va  hamisha  bir-birini 

taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq 

to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha 

uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning 

maqsadi  cheklangan  resurslardan  unumli  foydalanib,  kishilar 

ehtiyojini  qondirish  ekan,  uning  samarasi  tovar  va  xizmatlaming 

natural  va  qiymat  jihatdan  o ‘sishida,  ko‘payishida  ko‘rinadi.  Shu 

nuqtai  nazardan  olganda  ishlab  chiqarish jarayoni  hamisha  naflilik- 

ni,  ya’ni  iste’mol  qiymatini  yaratish,  ko‘paytirish  va  qiymatlaming 

o‘sish jarayoni  hisoblanadi,  uning  asosiy maqsadi  esa,  iste’mol  qiy­

matini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat bo‘ladi.

Ishlab  chiqarishning  cheklangan  resurslardan  foydalangan  holda 

kishilar  ehtiyojini  qondirishga  qaratilishi  va  shunga  zarur  bo‘lgan 

sifat  va  miqdorda  iste’mol  qiymati  yaratishni  bosh  maqsad  qilib 

qo‘yishi  uning  ijtimoiy  yo‘nalishini  ifoda  etadi.  Lekin  bu  umumiy 

ijtimoiy yo‘nalish  aniq kishilaming,  tadbirkorlaming  manfaati  bilan 

bog‘langandagina amalga oshadi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida yoki 

unga o ‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor m a’lum miqdor­

da  foyda olishni,  sarflangan vositalariga,  pul  mablag‘lariga nisbatan 

ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi.  Shuning uchun 

ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatish jarayoni  bir  tomondan,  nafli- 

likni yaratish jarayoni bo‘Isa,  ikkinchi tomondan,  qiymatning o ‘sish 

jarayoni bo‘lib hisoblanadi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish