«0 darajadagi jamg‘arma»ni
anglatadi. Bu nuqtaning chap tomoni-
da iste’mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu
manfiy
jamg‘arma
deb ataladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda
har doim ham iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq
bo‘lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda
juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi
bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish,
kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga maj
bur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari
hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqti
sodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi
avtonom
(ya’ni,
joriy sof daromaddan mustaqil)
Do'stlaringiz bilan baham: |