III. Tik kesma.
U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqti
sodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi.
Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida
(rasmdagi nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqa
rish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot
to‘liq quwat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz
oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko'payishiga olib
kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish haj
mi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |