metodologik
vazifasi
orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyil-
lari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa
ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o ‘rganish, uning qoida va
tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zlashtirish va yanada
rivojlantirishning garovi hisoblanadi.
Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini,
uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik,
ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini
6
sinchiklab o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqti
sodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rah-
bar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqa-
yotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek
tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o ‘quv yurtlari tala-
balari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollej-
lardagi ahvol o ‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o ‘tgan ken-
gaytirilgan m ajlisidagi m a’ruzasida darslik, maxsus va badiiy
adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o ‘rganib, turli darsliklami yaratish,
ularni boshqa tillarga tarjima qilish, o ‘quv yurtlari, kutubxona va
axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan
kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur darslik
qayta tayyorlandi.
Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan
vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi
hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlami boshqarish va harakatlami
uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdani-
ga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohi-
da davmi taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami
va nusxalari ham yo‘q.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda
hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o ‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini
faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari
eskirib ketgan, o ‘z mamlakatlarida ham inqirozlaming oldini olish,
iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini k o ‘rsata olmagan va munozarali
bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan naza-
riyalar asosida iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi.
Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron
bo‘lgan, iqtisodiy hodisalami asosan sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy
kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy
tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida
va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqti-
sodiyotidagi bir qator hodisalami tushuntirib bo‘lmaydi.
Mazkur darslikni tayyorlashda AQSHda, Yevropa mamlakatlari-
da, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa qator mam-
lakatlarda mavjud bo‘lgan adabiyotlardagi g‘oyalar, shuningdek,
klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining asosiy g‘oyalarini
tanqidiy o‘rganib, ulaming foydali ratsional mag‘zini olishga harakat
qilingan. Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma, davlat arbobi si-
fatida tanilgan o ‘tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari suril-
gan iqtisodiy g ‘oya va fikrlar, qoidalarning asosiy mazmuni darslikka
kiritilgan. Bunda u yoki bu guruhning yoki sinfhing manfaati emas,
birinchi navbatda, umuminsoniy, umumdavlat manfaatlari va qadri-
yatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olingan va unga
bir qadar ustuvorlik berilgan.
Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning ravnaq topishi,
bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashimiz, faoliyat ko‘rsatishimiz,
iqtisodiy munosabatda bo‘lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti
muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushun-
chalarini, ulaming qay darajada, qanday shaklda amal qilayotgan-
ligini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda iqtisodiy jarayon-
laming faqat yuzaki, ko‘rinib turgan tomonlarigagina emas, shu bilan
birga, ulaming ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog‘lanishlariga, iqti
sodiy jarayonlaming sabab va oqibatlariga alohida e’tibor berilgan.
Mazkur darslikda 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va
hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari,
ayniqsa, qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarda, prezidentimiz
Sh.Mirziyoyevning m a’ruza va nutqlarida bayon etilgan tamoyillar,
xususiyatlar ham qamrab olishga harakat qilingan hamda nazari-
yani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining
ko‘pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita 0 ‘zbekiston hayoti mi-
solida yoritilgan.
Darslikni tayyorlashda dialcktik, ilmiy asbtraksiya, tahlil va sin-
tez, tarixiylik va mantiqiylikning birligi va boshqa qator ilmiy usul-
lardan foydalanilgan. Bunda, ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa,
jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomon
birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama yondashuv va tahlil usu-
li kengroq qoilanilgan, shu yo‘l bilan yoritilayotgan masalaning asl
8
mohiyatini tushunish osonlashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalar-
ni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, rasmlar va grafiklar
asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu darslik yangi davlat standard talablari bo‘yicha tuzilgan va
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan
dastur asosida yozilgan. Unda dasturdagi mavzular asosan qamrab
olingan, ko‘pgina materiallar imkon darajasida qisqartirib berilgan.
Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo‘lishi
mumkin.
Darslikni tayyorlashda o ‘qitishning yangi pedagogik va informat-
sion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir
bobdan keyin xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar,
shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan.
Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000-yilda muvofiqlashtirish
komissiyasi tomonidan tavsiya etilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr qilingan «Iqtisodi
yot nazariyasi» m a’ruzalar matni, 2002-yilda nashr qilingan «Iqti
sodiyot nazariyasi» o ‘quv qo‘llanmasi, 2005-yilda va 2010-yilda
nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida bayon etilgan
bo‘lib, ko‘pchilikning muhokamasi va mulohazasidan o ‘tgan. Ushbu
matnda yuqoridagi kitoblaming asosiy mazmuni saqlanib qolingan
holda, keyingi yillarda, ayniqsa hozirgi davrda mamlakatimiz iqti
sodiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan
qonunlar va qarorlar, Prezidentimizning m a’ruza va nutqlarida ilgari
surilgan g‘oyalar, shuningdek, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Ros-
siya va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimizda chop
etilgan iqtisodiy adabiyotlardagi muhim deb hisoblangan g‘oyalar
kiritilgan.
Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlar, voqea-hodisalar obyektiv
tahlil qilinib, yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan.
Ushbu darslik talaba va o ‘quvchilami nazariy va uslubiy bilim bi
lan qurollantirib, iqtisodiy jarayonlami bilishga, tafakkur qilishga va
mustaqil ravishda tahlil qilishga o‘rgatadi, degan umiddamiz.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik asosan oliy o ‘quv
yurtlari talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu-
9
ningdek, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari,
katta ilmiy xodim izlanuvchilar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi
bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Mualliflar darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon
qilinish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulo-
hazalami mixmatdorchilik bilan qabul qiladi va keyingi ilmiy faoliyat-
larida, o ‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |