Iqtisodiyotning
turli
sohalaridagi
asosiy
kapitallarini
ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalash-
tirishning asosiy hajmi ichki resurslami safarbar qilish hisobidan
amalga oshirilgan. 2013-yilda iqtisodiyot sohalari asosiy kapitalini
ko‘paytirish maqsadida kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 28694,6
mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich
40737,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib shu davrlarga nisbatan 142,0 foiz
ga ko‘paygan. Shundan 2013-yilda asosiy kapitalga jami kiritilgan
investitsiyalaming 34,2 foizini sanoat, 15,2 foizini transport hamda
20.7 foizini uy-joy va kommunal xo‘jaligi tashkil qilgan bo‘lsa,
2015-yilda esa asosiy kapitalga jami kiritilgan investitsiyalaming
38.8 foizini sanoat, 9,2 foizini transport hamda 24,7 foizini uy-joy
va kommunal xo‘jaligi tashkil qildi.
Tahlillar ko‘rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirish man-
balarida qarz mablag‘lari rolining oshishi asosan xorijiy kredit-
laming ko‘payishi hisobiga yuz bergan. Bu esa respublikada chet
el kreditlari bo‘yicha kafolatlaming yuqori darajasi va tijorat
banklari kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan
izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirishda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etish va qo‘shma kor
xonalami rivojlantirishga katta e’tibor bennoqda.
2016-yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotga 19 963,2 mlrd.
so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo‘yicha jami kiritil
gan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuning
dek, ular tomonidan 20 677,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
(jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalami tad-
biq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalami
o‘zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amal
ga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet
el investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo‘yilmalaming
umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada
o‘zgardi.
305
Asosiy kapitalni shakllantirishda chet el investitsiyalarining
ishtirokini barqarorlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashti
rish, investitsiya muhitini rivojlantirish va investitsiya faoliyatini dav
lat tomonidan tartibga solishda quyidagi o‘zgarishlami taqozo etadi:
- ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlami
egallash, soliqlaming tartiblovchi rolini takomillashtirish, ulaming
rag‘batlantiruvchilik rolini kuchaytirish;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etishni uzoq mud-
datli hududiy, maqsadli dasturlarga muvofiq olib borish;
- importga cheklovlami iqtisodiyotda import o‘mini bosuvchi
ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan mutanosib ravishda
kiritib borish, mazkur tarmoqlami asosan xorijiy investitsiyalar hiso-
bidan moliyalashtirish;
- mamlakatga xorijiy kapitalni keng miqyosda jalb qilishda kredit-
lar hissasini kamaytirish va bevosita xorijiy investitsiyalar hissasini
o ‘stirishga erishish lozim.73
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ikki ja-
rayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va
amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash
uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: 1)
ulardan bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish; 2) hara-
katsiz turish natijasida, tabiiy kuchlaming ta’sirida jismoniy eskirish.
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish nati
jasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini
va iste’mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy
kapital tabiiy kuchlaming ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin.
Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu
yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga
teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan
ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib,
ular bir-biridan farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: