chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar hissasiga to‘g‘ri ke
luvchi foyda yoki zarami ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning iflos-
lanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining
sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havza-
sida cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltira-
di. Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni muhofazalovchi inshoot va
qurilmalar o‘matmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining
ancha past darajasini ta’minlaydi. Resurslaming nomutanosib taqsim-
lanishi natijasida vujudga keladigan bunday holatlami tartibga solish
uchun davlat qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi yoki maxsus soliq va
jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining
ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruv-
chilami o‘zlarining sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish jarayonida
ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o‘matish bilan
yo‘qotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsus soliqlami kiri
tish orqali atrof-muhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mum-
kin bo‘lgan zarami korxonalarning o‘ziga yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslaming nomutanosib taqsim-
lanishi keltirib chiqaradigan oqibatlami yumshatishga ham harakat
qiladi. Birinchidan, iste’molchilaming muayyan tovar va xizmatlami
xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ulaming talabi kengayti-
riladi. Masalan, respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning
dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi
past daromadli oilalaming oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan tala
bini oshirdi va shu orqali resurslaming nomutanosib taqsimlanishini
bartaraf qildi. Ikkinchidan, davlat taklifhi oshirish maqsadida ishlab
chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchi-
laming zararlarini qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda
resurslaming yetishmasligi muammosini bartaraf qiladi. Uchinchi-
dan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlaming ishlab chiqaruv
chisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va
davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ulami moliyalashtirishni
davlat o‘z zimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, milliy mu-
dofaa, favqulodda ro‘y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash,
ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.
649
Davlat byudjet mablagiari hisobiga resurslami xususiy sohada
qollanilishdan bo‘shatadi hamda ulami ijtimoiy ne’mat va xizmat
lar ishlab chiqarishga yo‘naltirishi mumkin. Shunday qilib, davlat
mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o‘zgarishlami amalga
oshirish maqsadida resurslami qayta taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha
sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to la bandlik va narxlaming
barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy
o ‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisob
lanadi.
Iqtisodiyotda to la bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarf
lar, ya’ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bolmasa,
davlat bir tomondan ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarga o‘z sarfla-
rini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektor sarflarini
rag‘batlantirish maqsadida soliqlami qisqartiradi. Agar jami sarflar
to la bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar da
rajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflaming mazkur ortiq
cha darajasi inflyasion xususiy at kasb etadi. Bunday holda davlat
soliqlami oshirish orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu
y o l bilan ortiqcha sarflami tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda
ishsizlik mavjud bolganda davlat sarflarining ko‘payishi jami sarf
lar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o‘sishiga olib keladi.
0 ‘z navbatida, soliqlaming qisqarishi yoki transfert tolovlarining
ko‘payishi daromadlami ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy
sarflaming o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijti
moiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amal
ga oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daro
madlami qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xususiyatga
ega boigan bir qator vaziyatlami ham amalga oshiradi. Bularga
atrof-muhitni himoya qilish, aholi so g lig ln i saqlash, bo‘sh ishchi
o‘rinlariga ega bolishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum so-
halarda narx belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabi
lami kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: