Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet910/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   906   907   908   909   910   911   912   913   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

ijtimoiy  muhitni  ta’minlash 

o‘z  ichiga  ichki 

tartibni  saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini 

belgilash,  tovar  va  xizmatlar  ayirboshlashni  yengillashtirish  uchun 

milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilami oladi.

646



Raqobat  bozor  iqtisodiyotida  asosiy  tartibga  soluvchi  mexa- 

nizm  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  shunday  kuchki,  u  xaridorlar  yoki 

iste’molchilaming ehtiyojlariga ishlab chiqamvchi va resurs yetkazib 

beruvchilami  bo‘ysundiradi.  Raqobat  sharoitida  ko‘plab  xaridorlar 

tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilaming taklifi bozor narxlarini 

belgilaydi.  Bu  shuni bildiradiki,  ishlab  chiqaruvchilar va resurs yet­

kazib bemvchilar iste’molchilaming faqat bozor orqali hisobga oiina- 

digan xohishlariga moslashishi mumkin.  Bozor tizimining irodasiga 

bo‘ysunuvchi,  raqobatlashuvchi  ishlab  chiqaruvchilar  foyda  olishni 

va o‘z mavqelarining mustahkamlanishini kutadi, kim bozor qonun­

larini buzsa, zarar ko‘radi va oxir-oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida 

xaridor -  bu xo‘jayin, bozor ulaming gumashtasi,  korxona esa ular- 

ning xizmatkori hisoblanadi.

Iqtisodiyotda sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘mini monopoliya­

lar egallaganda, ulaming bozorga ta’sir ko‘rsatish yoki undagi narx- 

lami o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Monopoliyalar  o‘zlarining takliflari  umumiy  hajmini  tartibga  solish 

layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ular­

ga  ancha  yuqori  narx  belgilash  va  shu  orqali  ancha barqaror  foyda 

olishi mumkin.

Bozor  munosabatlari  rivojlangan  sharoitda  monopoliyalar  us­

tidan  ikki  usulda  nazorat  o‘matiladi.  Birinchi  usulda,  texnologiya 

va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo'lish  imkoniyatini 

yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoq- 

larda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga 

standartlami  o‘matadi.  Transport,  aloqa,  elektr  energiyasi  ishlab 

chiqarish  va  boshqa  ijtimoiy  foydalanishdagi  korxonalar  ma’lum 

darajada shunday tartibga solinadi.  Ikkinchi usulda, samarali ishlab 

chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori 

darajasida  ta’minlanishi  sababli  davlat  raqobatini  kuchaytirish  va 

himoya  qilish  maqsadida  monopoliyalarga  qarshi  qonunlar  qabul 

qiladi.


Respublikamizda ham monopol  faoliyatni  cheklash,  tovarlar bo­

zorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaa- 

tini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.

647



Bozor tizimi kishilaming tabiiy qobiliyati,  orttirgan bilimi va mala- 

kasi  hamda  mulkka  egaligini  hisobga  olib,  ulaming  yuqori  daromad 

olishini  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birga  jamiyatning  moddiy  vosita- 

larga  ega  bo'lmagan,  bilim  va  malaka  darajasi  past,  layoqati  ham 

yuqori  bo‘lmagan  a’zolari,  qariyalar,  nogironlar,  ishsizlar  yolg‘iz  va 

qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bo­

zor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. 

Qisqasi,  bozor  tizimi  pul  daromadlarini  va  milliy  mahsulotni  jami­

yat  a’zolari  o‘rtasida  taqsimlashda  birmuncha  tengsizliklami  keltirib 

chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   906   907   908   909   910   911   912   913   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish