mustaqillikka erishgandan keyin (1993-yildan boshlab) milliy hi-
soblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan Yaratilgan mahsulot
yalpi ichki mahsulot (YalM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina
boshlandi.
Yalpi ichki mahsulot deb mamlakatda yil davomida Yaratil
gan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor mahsulotga
aytiladi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che-
girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi.
Demak,
sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band
bo‘lgan menejyerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik
xodimlar va boshqalaming sarf qilingan jonli mehnati bilan Yaratil
gan zamriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |