Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet501/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

«ishlab  chiqarishning

 

uch  omilb) 

degan  g‘oyani  ilgari  surib,  unda  tovarlami  ishlab  chiqa­

rishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daro- 

madlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida 

taqsimlanadi,  deb  ko‘rsatadi.  Uning bu  g‘oyasi  amerikalik  iqtisodchi 

olim J.B.Klarkning 

qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shiIgan kapital yoki

 

ishchi kuchi) unumdorligi 

degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Klark o‘zining «Boyliklaming taqsimlanishi» nomli asarida Yaratilgan 

boylik uchala omil o‘rtasida ulaming har biri yaratgan mahsulot miq­

doriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.



341


Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:

a)  kapital,  yer  va  ishchi  kuchi  (jonli  mehnat)  ning  har  uchalasi 

tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;

b)  Yaratilgan  naflilik  miqdori  bilan  bu  uchala  omilning  miqdori 

va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi,  agar bu uchala  omil 

bir-biriga mos  ravishda miqdor va  sifat jihatidan  oshsa,  tovarlar va 

xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.

Ammo bu g‘oyalaming kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozir­

gi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

1.  Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli  darajada rivoj­

lanmagan  davrda  yashab,  ijod  etganliklari  uchun,  tovar  va  xizmat- 

larda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib 

chiquvchi tovaming ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, 

kapital  va  yer  tovar  nafliligini  yaratishda  passiv  ravishda  qatnash- 

sada,  qiymat  yaratmasliklarini,  ular  faqat  eskirishiga  teng,  ya’ni 

amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat 

ta’sirida o'tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan 

yaratilishini  tushunib  yeta  olmaydilar  va  binobarin  ko‘rsatib  berol- 

maganlar.

2.  Klark  tomonidan  Yaratilgan  qo‘shilgan  mehnat  unumdor­

ligining  kamayib  borish  qonuni  turli  omillarning  bir-biriga  mosligi 

ta’minlanmagan,  ko‘r-ko‘rona  xarajatlar  oshirib  borilgan  hamda  il­

miy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos 

kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri 

kelmaydi.

3.  Sey  va  Klark  aytganlaridek,  hozirgi  davrda  Yaratilgan  boy­

lik,  to'g'rirog^i  milliy  mahsulotning  hammasi  bu  uchala  omil­

ning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning 

amortizatsiya  ajratmalari,  markazlashgan  fondlar  tashkil  qilingan- 

dan keyin qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida 

taqsimlanadi.

Sey  va Klarklardan  tashqari  ayrim  oqimlar,  masalan  lassalchilar 

mehnat  hamma  boylikning  va  madaniyatning  manbaidir,  shuning 

uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi 

zarur,  deb  ko‘rsatadilar.  Lassalchilar,  birinchidan,  boylik  faqatgina

342



mehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat resurslari) 

va  kapital  ham  qatnashishini,  ya’ni  uning  nafliligi  har  uchala  omil 

natijasi ekanligini tushuna olmadilar. Ikkinchidan, ulaming Yaratilgan 

mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zamr de­

gan  g‘oyalari  mutlaqo  noto‘g‘ri  bo‘lib,  bunday  holatda  mahsulotni 

ko‘paytirishga  ishlab  chiqaruvchilar  o‘rtasida hech  qanday  qiziqish 

bo‘lmasligi  o‘z-o‘zidan tushunarlidir.  Keyinchalik  sobiq  sotsialistik 

mamlakatlarda, jumladan  sobiq  Sovet  Ittifoqida  mahsulot  va  daro- 

madlar davlat  qo‘lida  bo‘lib,  mehnatning  miqdori  va  sifatiga  qarab 

taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo‘ldi.  Lekin bu g‘oya va uning 

talablari amalda bajarilmadi.

Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalami 

hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 

islohotlar  talablarini  hisobga  olib, Yaratilgan  mahsulotni  taqsimlash- 

ning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz:

a)  umuman olganda mahsulotni,  binobarin  daromadlami  taqsim­

lash ham  doim bir xil  bo‘lmay,  balki  shu  davrda  amal  qilib  turgan 

iqtisodiy  munosabatlar  tizimiga,  jumladan  mulkchilik  munosabat­

lariga bog‘liq bo‘ladi.  Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, 

ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki 

mavjud  bo‘lgan  sharoitda  Yaratilgan  milliy  mahsulot  mulk  egalari 

(davlat, jamoa,  xususiy,  shaxsiy)  va  ishchi  kuchining  egasi bo‘lgan 

ishchi-xizmatchilar  o‘rtasida  taqsimlanadi.  Bunda  daromadlaming 

bir qismi albatta umumjamiyat umumdavlat manfaatlarini ko‘zlab ish 

olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;

b) milliy mahsulotdan eng awalo shu mahsulotni yaratishda qat- 

nashgan  ishlab  chiqarish  vositalarining  qiymati,  aniqrog‘i,  takror 

ishlab  chiqarishni o‘z maromida olib borish uchun amortizatsiya va 

sarflangan boshqa moddiy vositalar summasi ajratib qo‘yiladi, chunki 

bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta 

tiklash uchun zarurdir;

v)  undan  keyin  turli  xil  tabiiy  ofat  va  favqulodda  hodisalaming 

ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir ma- 

romda to‘xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fond- 

lari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan

343



oilalami  himoya  qilish uchun nafaqa hamda  ijtimoiy  himoya  fond- 

lariga ajratiladi;

g)  davlatni  boshqarish,  mamlakat  mudofaasini  mustahkamlash, 

aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosi- 

da fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sogiiqni saqlashni rivojlantirish 

uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari 

tarzida amalga oshirilib, davlat byudjetiga tushuriladi va u yerda qay­

ta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi).

Yalpi  ichki  mahsulotning  yuqorida  aytilganlardan  qolgan  qismi 

hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ish­

chi kuchi egalari o‘rtasida belgilangan tartib qoidalar asosida taqsim­

lanadi  va jamiyat  a’zolarining  ixtiyoriga  kelib  tushadi.  Chunki  bu 

jarayon  natijasida  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  ishchi  kuchi  egasi 

va boshqa omillar egalari -  mulkdorlaming mahsulotdagi ulushi aniq­

lanadi hamda ulaming omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish 

haqi, 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish