Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


yuqori foyda  olish  uchun pul to‘lash qobiliyatiga



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

yuqori foyda  olish  uchun pul to‘lash qobiliyatiga

 

ega boigan iste’molchilarga zarur boigan turdagi va miqdorda-

 

gi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.

Tovarlar  qanday usulda  ishlab  chiqariladi  yoki  ishlab  chiqarish 

qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharo­

itida  o‘ziga xos javob boiadi.  Bunda uchta uzviy b o g iiq  masalaga 

e’tibor beriladi:

- resurslaming alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;

- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;

- har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash.



153


Bozor  tizimi  resurslami  aw alo  yuqori  talab  va  foyda  darajasiga 

ega  tarmoqlarga  yo‘naltiradi.  Past  foyda  darajasiga  ega  yoki  foyda 

olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi.  Bozor 

iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layo- 

qatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata 

oladi.  Korxonalarning  iqtisodiy  samaradorligi  quyidagi  omillarga 

bog‘liq:  mavjud  texnologiya,  ya’ni  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqti­

sodiy  resurslarning  narxlari.  Boshqacha  aytganda,  iqtisodiy  samara- 

dorlik mahsulotning muayyan hajmini  ishlab  chiqarishga resurslami 

eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.

Bozor  iqtisodiyoti  o ‘zgamvchan bo‘ladi:  u  iste’molchilar,  ishlab 

chiqarish  texnologiyasi,  iqtisodiy  resurslar  tarkibi  o‘zgarishiga  mu- 

vofiq holda o ‘zgaradi.  Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha 

samarali  hisoblangan  tizimi  vaqt  o‘tishi  bilan  iste’molchi  didining 

o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va tak­

lif qilingan resurslar tarkibining  qayta  o‘zgarishi  oqibatida eskirishi 

va samarasiz bo‘lib qolishi mumkin.

Iste’molchi  dididagi  o‘zgarishlaming  mahsulot  narxi  va  foydaga 

ta ’siri  ayrim  tarmoqlami  qisqartirish  va  boshqalarini  kengaytirishni 

taqozo qiladi. Bu o ‘zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshirila- 

di,  chunki  kengayib  bomvchi  tarmoq  resurslarga  ko‘proq  talab  bil- 

dirsa,  qisqarib  boruvchi  tarmoq  ularga  talabni  kamaytiradi.  Buning 

natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi, resurslami 

qisqamvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlay- 

di. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o ‘zgarishi va har xil resurs­

lar taklifi tarkibidagi o ‘zgarishlarga moslashadi.

Bozor  iqtisodiyoti  fan-texnika  taraqqiyotini  rag‘batlantiradi.  Bi­

rinchi bo‘lib tejamli texnologiyalami qo‘llash korxonaning o‘z raqo- 

batchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta ’minlaydi. Ishlab chiqa­

rish  xarajatlarining  pasayishi  korxonaning  iqtisodiy  foyda  olishini 

bildiradi.  Bundan  tashqari,  bozor  tizimi  yangi  texnologiyaning  tez 

tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi.  Shunday qilib, bozor iqtisodi­

yoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan 

texnika va texnologiya yordamida  ishlab  chiqarishni  amalga oshira-

154



dilar.  Qisqacha  xulosa  qilinadigan b o isa,  bozor  iqtisodiyoti  sharoi­

tida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan 

muammoga quyidagicha j avob beriladi:

a)  yuqori  foyda  beradigan  barcha  tovarlar  va  xizmatlar  to‘lovga 

layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;

b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish im- 

konini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;

v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini 

beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish