Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Differensial  renta  II  xo‘ja!iklarni intensiv  rivojlantirish,  yer-



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet543/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

Differensial  renta  II  xo‘ja!iklarni intensiv  rivojlantirish,  yer-

 

tting hoslldorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qi­



lish bilan, ya’tti qishloq xo‘ja!igida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash,

 

yerlartiing  melioratlv  holatini  yaxshilash,  qishloq  xo‘jaligini

 

mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda

 

vujudga keladi.



Bu  holni  biz  13.3-jadvalda  shartli  misol  bilan  ifoda  yetishimiz

 

mufflkin.



13.3-jadval

Differensial renta II ning hosil bo‘lishi_________

Ishlab

chiqarish

davri

Ishlab

chiqarish

xara­

jatlari

(so‘m)

Yalpi

mah­

sulot

(tonna)

1 tonna mah­

sulotning

 

individual

 

qiymati

 

(so‘m)



1  tonna

 

mahsulot­



ning ijtimoiy

 

qiymati

 

(so‘m)

Sotilgan

mahsulot

summasi,

so‘m

Qo‘shimcha

 

mahsulot,

 

ya’ni dif­

ferensial

 

renta II,

 

so‘m

Birinchi yil

10000

20

500

500

10000

-

Ikkinchi yil

15000

40

375

500

20000

10000

Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat qilish natijasi­

da qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nis­

batan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II 

ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh 

yo‘l  hisoblanadi.  Chunki  qishloq xo‘jaligini  intensiv rivojlantirmay 

turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a’zolarining 

o‘sib  borayotgan  talabini  qondirib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  ham



373


qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor berila­

di.  Buning  uchun  qishloq  xo‘jaligini  agrar  sanoatlashgan  asosga 

qo‘yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari 

ishlab  chiqilishi  lozim.  Keyingi  yillarda  mamlakatimizda  qishloq 

xo‘jaligini  zamonaviy  texnika  bilan  ta’minlash  uzluksiz  o‘smoqda. 

Qishloq  xo‘jaligini  intensiv  rivojlantirish  uchun  ajratilgan  kapital 

mablag‘lar ham ortmoqda.

Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa 

edi,  unda  hech  qanday  differensial  renta  II  bo‘lmas  edi.  Gap  shun­

daki,  yer  birligiga  sarflangan  bu  xarajatlar  turli  hududlarda,  vilo- 

yatlarda, xo‘jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada 

hosildorlik ham turlicha oshadi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tarti­

bdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklaming ustama qo‘shimcha 

mahsulotini  tashkil  qiladi.  Ya’ni,  differensial  rentaning  har  ikkala 

ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z ichiga oladi. Differensial renta I va 

II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan hudud bo‘yicha yoki 

alohida  olingan xo‘jalikning  individual  qiymati  o‘rtasidagi  tafovut- 

dan  iboratdir.  Shu  hosil  qilingan  daromadlar  davlat  bilan  xo‘jalik 

o‘rtasida  taqsimlanadi.  Uning  davlatga  to‘langan  qismi  yer  rentasi 

ko‘rinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir).

Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoli­

yatiga  bog‘liq  bo‘lmagan  tabiiy  sharoitda  vujudga  keladi.  Shuning 

uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi 

renta yer davlat mulki  bo‘lganligi  sababli uning manfaatlari  yo‘lida 

sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) 

to‘planishi  lozim.  Bu  hoi  o‘rta  va  yaxshi  unumli  yerda joylashgan 

xo‘jaliklaming  iqtisodiy  manfaatdorligiga  putur  etkazmaydi,  balki 

boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlami tenglashti- 

rish  imkonini  beradi.  Markazlashtirilgan  davlat  fondiga  o‘tgan  bu 

mablag‘lar (differensial renta I) ni mamlakat oldida turgan vazifalami 

bajarish,  xususan  yangi  yerlami  o‘zlashtirish  va  yer  unumdorligini 

yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlami  amalga oshirish uchun 

yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.

Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqti-

374



sodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu 

xildagi  rentaning  asosiy  qismi  xo‘jaliklaming  o‘zlarida  qoldirilishi 

mantiqan  to‘g‘ri  bo‘ladi.  Uning  faqat  bir  qismi  davlat  fondiga jalb 

qilinishi  mumkin,  chunki  davlat  ma’lum  darajada  bu  rentani  ho­

sil  qilishda  o‘z hissasini  qo‘shadi,  ya’ni  transport yo‘llari  qurilishi- 

ga,  irrigatsiya-melioratsiya  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  kapital 

mablag‘lar  sarflaydi,  texnikalar,  kadrlar,  mineral  o‘g‘itlar  yetkazib 

beradi.  Shunday qilib, differensial renta 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish