2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.
Kasaba uyushmalari ish
chi kuchi taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari
mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani chek
lash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni
qo‘llab-quwatlash; g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlami o‘z a’zolarini
ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat
o‘matadi. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati
orqali (masalan, uzoq muddatli o‘qitish, yangi a’zolami qabul qilishni
cheklash yoki taqiqiash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqar
tiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |