Tayanch tushunchalar: Ma’naviy-ma’rifiy islohot, mustaqillik va ma’naviyat, ma’naviy va ma’rifat markazi, milliy g‘oya, milliy-madaniy markazlar, istiqlol mafkurasi, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, “Oltin meros”, komil inson.
Seminar mazmuni. Birinchi savolda talabalarga O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga e’tiborning kuchayishi, ma’naviyat, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, milliy vijdonini uyg‘otuvchi va doimiy xarakatdagi konkret kuch ekanligi, 1994 yil 23 aprelda xukumat farmoni bilan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat jamoatchilik markazi tashkil etillanligi tushuntiriladi.
O‘zR Prezidentining 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmoni, joylarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyat a’zolari oldida turgan vazifalar, quyidagilardan iboratligi tushuntiriladi:
Rahbarlar mas’uliyatini oshirish;
Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan millatgina har jihatdan yuksalishga qodir ekanligini tushuntirib borish;
Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligini e’tirof etish, fuqarolar ongini yangilaydigan ma’naviyatni shakllantirish;
Ma’naviyat va ma’rifatni har qanday hukmron mafkuralardan holiligini ta’minlash, ular mustaqil fikrlovchi erkin jamiyat a’zolarini shakllantirishda muhim omil ekanligini anglab yetish.
Ikkinchi savollarda 1997 y. «Ta’lim to‘g‘risida» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi, shu yili 1 oktyabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinishi, «Ma’naviyat» nashriyoti tashkil etilishi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilishi, ularning zaruriyati va ahamiyati bayon etiladi.
Shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning eng ilg‘or jihatlaridan biri – unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy quyidagi tamoyillari o‘rganiladi:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- ta’limning o‘zluksizligi va izchilligi;
- o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Masalaga bunday tarzda yondashuv ta’limning demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat talablariga to‘liq javob berishi, uning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidan guvoh berishi, shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlariga asos solinganligi tushuntiriladi.
Uchinchi savolda talabalarga madaniy meros qadriyatlar, g‘oyalar, tajriba, bilimlar ularni o‘zlashtirish yo‘llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyati usullari ekanligi, madaniy meros uni asrash va kelgusi avlodlarga qoldirish zaruriyati, ma’naviy qadriyatlar ularni qayta ko‘rib chiqish va baholash, o‘zaro bog‘liqlik usullari, munosabatlari, hayot me’yorlari, voqelikni estetik idrok qilish kabi sohalari bayon etiladi.
Madaniyatning – inson uchun mavjudlik belgisi, madaniy boylik – u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o‘ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omil ekanligi, madaniy merosning shakllanishida butun dunyoga mashhur imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Naqshbandiy, Yassaviy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek A.Navoiy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning bilimi va salohiyati, Amir Temur va Boburlarning davlatchilik va siyosati qurilishi tajribalari; buyuk me’morchilik yodgorliklari, tasviriy san’at, muzika, amaliy san’at asarlari, urf-odatlari va an’analar, milliy sport turlarining o‘rni va boshqa jarayonlar yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |