Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
Da’vomuddatiningturlari
Fuqarolik qonun hujjatlari da’vo muddatlarining ikki xil koʻrinishini
belgilaydi. Bunday tartib qadimgi Rim fuqarolik huquqida yaratilgan
boʻlib, Rim huquqi asos boʻlgan kontinental huquq tizimiga mansub
davlatlarning koʻpchiligida amal qiladi. Masalan, Fransiya, Yaponiya kabi
davlatlarda ham da’vo muddatlari ikki koʻrinishda mavjud.
FK da’vo muddatlarini toʻgʻridan toʻgʻri: umumiy va maxsus da’vo
muddatlariga boʻladi. Lekin ularning tushunchasiga toʻxtalib oʻtmaydi.
Faqatgina umumiy va maxsus da’vo muddatlari mavjudligini, hamda
ularning amal qilish vaqtini ifodalaydi.
Umumiy da’vo muddatlari qonun hujjatlari tomonidan oldindan
belgilanmagan muddatlar mavjud boʻlmagan barcha fuqarolik-huquqiy
munosabatlarga tatbiq etiladi. Bunda eng asosiy e’tibor tegishli fuqarolik-
huquqiy munosabatga nisbatan qonun muayyan muddatni koʻzda
tutmaganligiga qaratiladi. Agar qonun hujjatlarida fuqarolik-huquqiy
munosabatga oid muddat belgilanmagan boʻlsa, unga nisbatan faqatgina
umumiy va yagona da’vo muddati qoʻllaniladi. Shu munosabat bilan
bunday muddatlar ( muddat alohida yoki oldindan oʻrnatilgan tartib
asosida belgilanmagan munosabatlarga tatbiq etiladigan) umumiy da’vo
muddati hisoblanadi.
FKning 150-moddasiga muvofiq, umumiy da’vo muddati uch yildan
iborat. Bu muddat oʻz nomidan koʻrinib turibdiki, fuqarolar va yuridik
shaxslar uchun bir xilda “umumiydir”.
1
45
Maxsus da’vo muddatlari. Umumiy da’vo muddatlaridan farq qilib,
maxsus da’vo muddatlari qonun hujjatlarida toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan
talablarga nisbatan qoʻllaniladi. Bu muddatlar umumiy da’vo muddatiga
qaraganda kamroq vaqt davom etganligi uchun, ular qisqartirilgan da’vo
muddatlari deb ham yuritiladi. FKning 151-moddasi esa ayrim turdagi
talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda
qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi
mumkinligini qayd etadi. Lekin bu “mumkinlik” amaliyotda faqatgina
muddatning qisqartilishiga nisbatan qoʻllanilishini hisobga olganda
maxsus da’vo muddatlarining qisqartirilgan da’vo muddati deb nomlanishi
asosli ekanligini koʻramiz.
Maxsus da’vo muddatlari faqatgina qonun hujjatlarida toʻgʻridan
toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda qoʻllaniladi va xuddi umumiy da’vo
muddatlari kabi imperativ xarakter kasb etadi. Ya’ni taraflar oʻz xohishlari
asosida bunday muddatlarni huquqiy munosabatga nisbatan tatbiq etishlari
mumkin emas. Masalan,FKning724-moddasigamuvofiq,tashuvchiganisbatan yuktashishdankelibchiqadiganda’voniqoʻzgʻatishdanoldinungategishlitransport ustaviyokikodeksida nazardatutilgantartibdatalabqoʻyilganboʻlishishart. Maxsus da’vo muddatlarining belgilanishidan asosiy maqsad
muayyan huquqiy munosabatni tez va toʻgʻri hal qilish, hamda har bir
holat yuzasidan asosli va toʻgʻri qaror chiqarishdan iborat.