Toshkent davlat yuridik


Majburiyatlarning bajarilishi bilan



Download 2,11 Mb.
bet140/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor boʻlishi


FKning 341-moddasida koʻrsatilganidek, majburiyat qoida tariqasida
uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor boʻladi.


Majburiyatlar bekor boʻlishining keng tarqalgan usullaridan biri –
majburiyatni tegishli ravishda ijro etilishidir. Majburiyatlarning bekor
boʻlishi uchun bajarish tegishli ravishda amalga oshirilmasa, majburiyatni
bekor qilmay, balki uni buzganlik uchun mulkiy javobgarlik belgilanadi,
ba’zi hollarda majburiyatni real ravishda bajarish vazifasi ham saqlanib
qoladi.
Ayrim majburiyatlar tegishli ravishda bajarilishi bilan bekor boʻladi,
shu bilan birga, majburiyatni talab darajasida bajargan shaxsga shu
shartnomani qayta tiklashda imtiyozli huquq beriladi. Masalan, biror
mulkni ijaraga olgan shaxs oʻz zimmasiga olgan majburiyatini, talab
darajasida bajarsa, shu mulkni ijaraga olish uchun yangi shartnoma
tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Kreditor ijroni qabul qila turib, qarzdorning talabi boʻyicha unga
ijroning toʻla yoki qisman qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat berishga
majbur. Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz
hujjati bergan boʻlsa, kreditor ijroni qabul qila turib, bu hujjatni qaytarishi,
agar uni qaytarish mumkin boʻlmasa, bu toʻgʻrida oʻzi bergan tilxatda
koʻrsatishi lozim. Tilxat qaytarilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozish bilan
ham almashtirilishi mumkin.


2


75





Majburiyatning bajarilganligini isbotlovchi boshqa hujjatlar ham
boʻlishi mumkin. Sotilgan ashyolarni oluvchiga joʻnatish uchun transport
tashkilotiga topshirilishi yoki oluvchiga yuborish uchun aloqa boʻlimiga
berilishi toʻgʻrisidagi hujjat shular sirasiga kiradi.
Qarz hujjatining qarzdor qoʻlida boʻlishi, boshqa bir hol
isbotlanmaguncha, majburiyatning bekor boʻlganligini tasdiqlaydi.
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib
berish imkoniyati yoʻqligini tilxatda koʻrsatishdan bosh tortgan taqdirda,
qarzdor ijroni toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bunday hollarda kreditor
muddatni kechiktirgan hisoblanadi (FK 258-modda).
Qarz hujjatining qaytarilishi yoki uni qaytarish mumkin
boʻlmaganligi toʻgʻrisidagi tilxat oʻrniga berilgan hujjat ustiga ijroning
qabul qilinganligi haqida yozib berishi majburiyatning ijro etilganligini
isbotlash hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Qarz hujjati (tilxat) qarzdor tomonidan kreditorga beriladi. Bunday
hujjat bilan koʻpincha maishiy pudrat shartnomalaridan kelib chiqqan
majburiyatlar guvohlantiriladi. Qarz hujjati kreditor qoʻlida boʻlishi –
majburiyatning mavjudligini isbotlovchi dalil hisoblanadi va unga
majburiyatning bajarilishini talab qilish huquqini, masalan, qarz pulining
toʻlanishini, buyurtma qilingan narsaning berilishini talab qilish huquqini
beradi.
Kreditor majburiyatning ijrosini qabul qila turib, qarzdorga qarz
hujjatini qaytarishga majbur. Qarzdor esa majburiyatning bajarilganligini
tasdiqlaydigan hujjatni oʻziga berilishini kreditordan talab qilish huquqiga
ega.
Ayrim hollarda majburiyatning bajarilganligi toʻgʻrisida kreditordan
alohida hujjat olmay, balki qarzdorning tilxati ustiga majburiyatning
bajarilganligini, masalan, qarz pulining butunlay yoki qisman olinganligini
yozish mumkin. Oʻz xarakteriga koʻra qarz hujjati to majburiyat tegishli
suratda bajarilgunga qadar kreditorda boʻlishi kerak. Qarz hujjatining
qarzdorga qaytarilishi majburiyatning bajarilganligini bildiradi. Shuning
uchun qarz hujjatining qarzdor qoʻlida boʻlishi boshqa bir hol
isbotlanmaguncha, majburiyatning bajarilganligini va shu bilan uning
bekor boʻlganligini tasdiqlaydi.


Basharti kreditor yoʻq boʻlsa yoki u ijroni qabul qilishdan bosh
tortsa, yoxud boshqa sabablarga koʻra qabul qilish muddatini oʻtkazib
yuborsa, shuningdek muomala layoqatiga ega boʻlmasa yoki muomala
layoqati cheklangan boʻlsa, ijroni qabul qilishga rozi boʻlgan vakil pulni
qimmatli qogʻozni notarial idoraning depozitiga qoʻyishi mumkin. Bunday


2


76





hollarda pulni yoki qimmatli qogʻozni kreditor nomiga notarial idoraning
depozitga qoʻyish, majburiyatni lozim darajada bajarish boʻlib hisoblanadi.
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarda majburiyatning
bajarilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yuborilgan tovarlar
yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan summani tasdiqlaydigan
hisob-kitoblar yoki toʻlanganlik haqida ma’lumotnoma ana shunday
hujjatlar hisoblanadi. Ular tashkilotlar mablagʻlari hisobidan pul toʻlovlari
va boshqa xarajatlarning toʻgʻri sarflanganligini tasdiqlash hamda tegishli
nazorat olib borish imkonini beradi.
Majburiyatni ijro etilgan deb baholash uchun uni amalda ijro
etilganlik faktining oʻzi yetarli emas. Majburiyat amalda ijro etilgandan
tashqari u qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda yuridik
rasmiylashtirilgan boʻlishi shart. Masalan FKning 489-494-moddalarida
korxona oldi-sotdi shartnomasining ijrosini yuridik rasmiylashtirish
asoslari va tartibi belgilangan. FKning 680-moddasida kapital qurilish
boʻyicha pudrat shartnomasining yuridik rasmiylashtirish asoslari va tartibi
oʻz mujassamini topgan. Faqat ushbu shartlarga rioya qilingan hollardagi
majburiyat ham amalda ham yuridik ijro qilingan hisoblanadi va u bekor
boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish