to‘rtinchidan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etishi; beshinchidan, o‘zining
demokratikligi, ochiq va oshkoraligi, partiyalar va elektorat manfaatlarini
uyg‘unlashtirganligi, jamoatchilik fikri va kuchiga tayanishi bilan ajralib turadi.
Bizga ma’lumki parlament nazoratini amalga oshirishda siyosiy partiyalar
fraksiyalarining roli e’tiborga molikdir. Lekin, shuni aytish joizki bugungi kunga
qadar Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat-tahlil
faoliyatida siyosiy partiyalar fraksiyalarining faolligi faqat bir tomonlama
yo’nalishda amalga oshirilganligini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni, siyosiy partiyalar
fraksiyalari jamiyatda sodir bo’layotgan muammoli masalalar bo’yicha
komissiyalar tuzish va voqea-hodisani nazorat qilish yoki tekshirish yuzasidan olib
borayotgan ishlari bilangina cheklanganlar. Bugungi kunda ham qo’mitalar
tomonidan olib borilgan qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishini o’rganib
borish va uning natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
bo’yicha tashabbus va takliflar bilan chiqish borasida siyosiy partiyalar
fraksiyalarining amaliyoti yetarli yo’lga qo’yilmaganligi, bu borada siyosiy
partiyalarning o’z saylovchilari bilan o’zaro aloqalarni lozim darajada
o’rnatmaganliklarini muammo sifatida aytishimiz mumkin. Vaholanki, 1996 yil 26
dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi
63
O’zbekiston
Respublikasi qonunining siyosiy partiyalar fraksiyalari haqidagi 13-moddasi
ikkinchi qismining uchinchi bandida: “tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining qonunchilik palatasi Spikeriga va O’zbekiston Respublikasi
Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga
so’rov bilan murojaat etish” to’g’risida norma mavjud. Shunga asoslanib, qonunlar
ijrosini o’rganish bo’yicha fraksiyalar o’z faoliyatlarini olib borishlari mumkin,
lekin bu borada siyosiy partiyalarning faoliyati sust tashkil etilganligiga e’tibor
qaratib o’tish darkor.
63
Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тў рисида”ги онуни. // Ўзбекистон Республикаси Олий
Мажлиси Ахборотномаси. – 1997. – № 2. – 36-модда.
55
Aytish joizki, qonunchilik palatasining har bir qo’mitasi tarkibini siyosiy
partiyalar fraksiyalari a’zolari tashkil etadi. Qo’mita faoliyatida bevosita ularning
ishtiroki mavjud, lekin qonunlar ijrosi nazorati olib borilganda fraksiya
a’zolarining o’z siyosiy partiyalari manfaatini yoqlash, partiya dasturlari yuzasidan
tashabbusi kamligi ko’p marotaba tanqid ostiga olinayotganligini inobatga olib Bu
borada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. 2014-yil 16-aprelda
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi
Qonunni ushbu islohotlar uchun podevor bo’lib hizmat qildi. Ushbu qonun asosida
Parlament nazorati tog’risidagi tushunchani qonunchilikka kiritilishi siyosiy
partiyalar faoliyaini yanada faolroq amalga oshirishlariga turtki bo’lib hizmat qildi.
Natijada ijro hokimyati organlarini ustidan parlament nazoratini o’rnatishda
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish maqsadida Qonunchilik palatasida
faoliyat yuritayotgan deputatlarga quyidagi huquqlar taqdim etildi. O’zbekiston
Respublikasining “O’zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasining
reglamenti to‘g‘risida”gi 2003-yil 29-avgustdagi Qonuniga muvofiq “O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus
olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir
qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan
taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma
majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish
haqidagi masala kiritiladi”
64
.
Ijro hokimyatini organlari ustidan parlament nazoratini o’rnatishda siyosiy
partiyalarning rolini yanada mustahkamlagan qonun sifatida 2016 yil 12 aprelda
qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunini aytishimiz mumkin. Ushbu qonun uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan
demokratik islohotlarning kata yutiqlaridan desak xato bo’lmaydi. Ushbu qonun 28
64
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 136-modda; O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 52-son, 645-modda)
56
moddadan iborat bo‘lib, unda parlament nazoratni amalga oshirishda juda ham
muhim bo‘lgan parlament nazorati subyektlari, obyekti, amalga oshirish shakllari,
subyektlarning majburiyatlari, parlament nazorati natijalari kabi masalalar yoritib
o’tilgan. Ushbu qonunni qabul qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad Konstitutsiya
va qonunlar talablarining ijro etilishi ustidan parlament nazoratini amalga
oshirishning yagona tizimga solingan qonunchilik bazasini yaratishdan
shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zimmasiga yuklatilgan
vazifalar hamda funksiyalarningamalga oshirishlari yuzasidan ushbu davlat
organlarini parlament oldidagi masulyatini yanada kuchaytirishdan iborat.
Ushbu qonunga muvofiq Oliy Majlis palatalari, palatalar qo‘mitalari
komissiyalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari, deputatlar va
senatorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini amalga oshiradi
65
.
Qonunning eng muhim yutuqlaridan biri sifatida partiyalar fraksiyalarining
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini
amalga oshirishi, qabul qilinayotgan qonunlar, muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
davlat dasturlarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasidagi faoliyatini sifat jihatidan
yangi asosda qurilishiga xizmat qiluvchi bir qator normalarni ko’rishimiz mumkin.
Xususan, Qonunda siyosiy partiya fraksiyalarining Davlat byudjetini qabul qilish
va uning ijrosini borishini ko‘rib chiqishda, Hisob palatasining hisobotini dastlabki
tarzda muhokama qilishdagi huquqlari belgilangani, Hukumat a’zolarining o‘z
faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish, parlament so‘rovini
yuborish to‘g‘risida taklif kiritish huquqlari berilganligi buniga yorqin misol bo’la
oladi. Shuningdek, Qonunning 4-moddasida parlament nazoratining obyekti
quyidagicha mustahkamlab qo’yildi: «Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining hamda ularning mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish,
65
2016 yil 12 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»giQonun 3-modda.
57
shuningdek, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga
oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyektidir». Buning eng muhim
jihati shundaki — parlament nazorati faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari ustidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonunning 5-moddasida belgilangan davlat byudjetini qabul qilish va uning
ijrosi borishini ko‘rib chiqish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ayrim dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotini, hukumat
a’zolarining axborotini, Hisob palatasi, Bosh prokuror, Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi, Markaziy bank hisobotlarini eshitish, parlament so‘rovi, deputat
va senator so‘rovi, Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari tomonidan qonun hujjatlari
ijro etilayotganligini o‘rganish kabi parlament nazorati shakllarining belgilab
qo’yilishi partiyalar fraksiyalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda qatnashish huquqini
belgilab qo’ymoqda.
Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan nazorat shakllarining barchasi parlamentga va uni
tarkibida faoliyat yuritayotgan siyosiy partiya fraksiyalariga ham juda katta
imkoniyatlar beradi. Birgina «Davlat byudjeti ijro etilishini ko‘rib chiqish»
shaklining o‘ziyoq parlamentga byudjet orqali hayotimizning barcha qirralarini
ko‘rish, davlat mablag‘larini samarali, maqsadli sarflanishi ustidan baho berish
imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham Qonunning 7-moddasida Davlat byudjeti
ijrosining borishi to‘g‘risidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish
davomida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari
Davlat byudjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablag‘larning
o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni,
shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi
haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkinligi, bunda fraksiyalar, deputatlar
guruhlari joylarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan
samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari
58
tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkinligi alohida qayd etib
o’tildi.
Demak, ushbu qonunni qabul qilinishi orqali Oliy Majlisning quyi palatasida
doimiy asosda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar fraksiyalari partiya
a’zolarining asoslangan takliflarini o’rgangan holda fraksiya tavsiyalarini ishlab
chiqib tegishli tashkilotlarga yuborish amaliyoti qaysidir manoda jonlandi.
Shu o’rinda xorij tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, xorijiy davlatlarda
siyosiy partiyalar ma’lum sohalar bo’yicha ixtisoslashib, o’z faoliyatini shu
sohaning to’liq rivojiga qaratadi. Ular “manzilli” maqsadlar uchun intiladilar,
masalan atrof-muhitni asrab-avaylash, himoya qilishga qaratilgan (Germaniya,
Rossiya, Ukrainadagi “Yashillar partiyasi”) aniq xatti-harakatlar tizimi,
hukumatga, tegishli mas’ul shaxslar va idoralarga o’zlari manfaatdor bo’lgan
masalalar yuzasidan takliflar kiritish, mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlar,
muzokaralar, zarur hollarda parlament so’rovi orqali harakat qilish chora-
tadbirlarini ko’radi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament nazoratidagi, aniqroq aytganda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan parlament
nazoratini amalga oshirishdagi rolini yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagicha
tasniflash mumkin:
- partiya fraksiyalari a’zolarining qo’mita a’zosi sifatida nazorat-tahlil
faoliyatida ishtiroki (partiya dasturini ilgari surish orqali);
- fraksiya rahbarlari Kengash a’zosi sifatidagi ishtiroki orqali, ya’ni
qo’mitalar Ish rejalarini, xususan nazorat-tahlil faoliyatini belgilashda partiya
dasturini singdirish orqali;
- qo’mitalar o’tkazgan nazorat-tahlil ishiga partiya munosabatini bildirish
orqali (OAVda bo’lishi mumkin);
- partiya a’zolari va saylovchilar bilan ularning taklif-istaklarini o’rganish
maqsadida yoki partiya dasturiga oid konferentsiya, davra suhbatlari va boshqa
59
tadbirlar uyushtirish hamda tegishli qaror qabul qilish orqali (qaror tavsiyaviy
tusda bo’ladi).
Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning siyosiy partiyalarning parlament
nazoratidagi o’rni haqidagi quyidagi fikriga e’tibor qaratsak, “Hech shubhasiz,
mening nazarimda, deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va nodavlat, nohukumat
jamoat tashkilotlarining jamiyatda obro’-e’tibori ortib
borishi,
mavqei
mustahkamlanishi bilan, ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratining asosiy vositasiga aylanadi”
66
. Demak, siyosiy
partiyalarni ijro hokimyatini organlari ustidan parlament nazoratini amalga
oshirishda yanada faolroq ishtirok etishini taminlash maqsadida quyidagilarni
taklif qilamiz:
- qo’mitalar o’tkazayotgan nazorat-tahlil faoliyatiga o’z saylovchilari va
partiya
a’zolari
munosabatini
o’rganish
va
ularning
qonunchilikni
takomillashtirishga oid fikrlarini parlamentga yetkazish ishlarini qayta ko’rib
chiqish va faollashtirish lozim;
- partiyalarning tuman, shahar Kengashlaridagi ishlarini jamiyat hayotini
rivojlantirishdagi tom ma’nodagi quyi organlari sifatida qayta tashkil etish kerak;
- siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirishda xorijiy tajribaning
sinalgan va ijobiy yutuqlarini milliy tajribaga singdirish, ya’ni o’z dasturlaridan
kelib chiqib aniq “manzilli” maqsadlar sari harakatlarni kengroq joriy etish;
- partiya faoliyati va qonunchilikni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini
o’rganish kabi usullardan kengroq foydalanish (so’rovlar o’tkazish, mushohada
uchun g’oyalar berish va muhokama qilish va h.k.).
Ushbu takliflar albatta kelajakda fuqarolik jamiyatini qurish uchun hizmat
qiladi deb o’ylayman. Albatta, bu borada ko’plab islohotlar amalga oshirib
kelinmoqda. Masalan, so’nggi bor qabul qilingan parlament nazorati to’g’risidagi
qonunni qabul qilinishi o’zi hokimiyatlar bo‘linishining konstitutsiyaviy
66
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya
va isloh etishdir. - T.: O’zbekiston, 2005. – 41 b.
60
prinsiplarini, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini yaratishni,
Oliy Majlisning davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini kuchaytirish, qonun
ustuvorligini, qonuniylikni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda
qonunlari ijrosini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni ijro etish uchun ularning javobgarligini oshirishga
shuningek, davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni
yanda kuchaytirilishiga sabab bo’ldi.
XULOSA
61
Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish
vazifalari
siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |